×

Yaponiya: magistraturada o’qish uchun to’liq grant va oylik 1100 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3781 marta

Yaponiyada joylashgan Tsukuba universiteti (Graduate School of Humanities and Social Sciences, University of Tsukuba) 2019-2020-oʻquv yilida universitetning gumanitar fanlar bo’yicha magistraturada oʻqishni xohlovchi Markaziy Osiyo davlatlari talabalaridan Special Program in Japanese and Eurasian Studies Master of Arts Graduate Program grantiga arizalar qabul qilishni boshladi. Dastur bir yarim yilga beriladi va grant 5 nafar talabaga beriladi.

Grant doirasida stipendiatlar Graduate School of Humanities and Social Sciencesning Japanese and Eurasian Studies magistrlik dasturida ingliz tilida tahsil oladilar. Ammo oʻqish vaqtida qoʻshimcha yapon tili kurslarida yapon tilini oʻrganadilar. Belgilangan muddat yakunida talabalar tanlangan sohaning yetuk mutaxassis boʻlish bilan birga ingliz va yapon tilida oʻrnatilgan talablarga mos bilimlarga ega boʻladilar. Grant talabalarning JICA, OON, ADB va davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan konferensiya,tadbir va tadqiqotlarda ishtirok etishini taʼminlaydi. Bitiruvchilar kelajakda nufuzli davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 1,5 yil davomida oʻqish haqi toʻliq qoplab beriladi.
  2. Har oyda 117000 yen (taxminan 1065 dollar) stipendiya ajratiladi.
  3. Nomzodning samolyotda borish-kelish chiptasi olib beriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari (jumladan, oʻzbekistonliklar) ariza bera oladilar.
  2. 1984-yil 2-apreldan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
  3. 16 yil taʼlim olgan (masalan, oʻzbekistonlik nomzod 9 yil umumiy oʻrta maktab, 3 yil litsey yoki kasb-hunar kolleji va 4 yil balakavr bosqichida oʻqigan) boʻlishi kerak.
  4. Ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi lozim (TOEFL IBT 80, TOEFL CBT 230, TOEFL PBT 500 IELTS 6.0).
  5. Nomzod Yaponiyaga 2019-yil sentyabr oyining soʻnggi haftasida yetib kelishi lozim.
  6. The Nippon Foundation stipendiyasini olgan talabgor ariza bera olmaydi.

Nomzodlarni saralash ularning yuksak akademik koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari, sohaga oid bilimlari, ingliz tilini bilish darajasiga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich:

Birinchi bosqichda grantga ariza topshirish lozim. Arizani yuklab olib, toʻldirish hamda 2019-yilning 15-martiga qadar spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp elektron manzilig joʻnatig kerak. Arizani toʻldirishda quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi zarur:

  1. Shaxsiy maʼlumotlar.
  2. Til bilish darajasi.
  3. Maʼlumotga egalik.
  4. Insho (Essay).
  5. Statement of Purpose.
  6. Research Proposal.

Ikkinchi bosqich:

Ikkinchi bosqichda nomzod oʻz yurtida suhbat va imtihondan oʻtadi. Imtihon kuni talabgor akademik maʼlumotlari, til sertifikatlarini imtihonga yoki quyidagi manzilga pochta orqali joʻnatishi kerak:

SPJES (Special Program in Japanese and Eurasian Studies)
Graduate School of Humanities and Social Sciences
University of Tsukuba
Tennodai 1-1-1, Tsukuba-shi, Ibaraki-ken JAPAN 305-8571

Ikkinchi bosqichda yuboriladigan hujjatlar roʻyxati:

  1. 8 ta 3×4 fotosurat.
  2. Tavsiyanoma (yopiq konvertda).
  3. Diplom va diplom ilovasining rasmiy tasdiqlangan nusxalari (agar nomzod ayni vaqtda oʻqiyotgan boʻlsa, hozirgi baholari varagʻi beriladi).
  4. TOEFL, IELTS, GRE va hokazo natijalarning originali.

Muhim sanalar:

  • 2019-yilning 15-martigacha arizalar topshiriladi.
  • 2019-yil mart-aprel: imtihon va suhbat oʻtkaziladi.
  • 2019-yil iyun: University of Tsukubadan grant natijasi haqida xabar beriladi.
  • 2019-yil 20-30-sentyabr: stipendiatlar Yaponiyaga yetib keladilar.
  • 2019-yil 1-oktyabr: oʻqishning boshlanish kuni.

*Grantga hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot va yoʻriqnoma: SHU YERDA.

Bogʻlanish uchun:

SPJES (Special Program in Japanese and Eurasian Studies)
Graduate School of Humanities and Social Sciences
University of Tsukuba
Tennodai 1-1-1, Tsukuba-shi, Ibaraki-ken JAPAN 305-8571

E-mail: spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!