×

Yaponiya: Magistraturada tadqiqot qilish uchun to’liq grant va oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

23.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3263 marta

Yaponiyaning The Konosuke Matsushita Memorial Foundation (KMMF) fondining xalqaro talabalar uchun grant dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. Grant yapon universitetiga o’qishga kirgan/grantga ariza topshirish muhlati tugaguncha qabul qilingan xalqaro talabalar uchun ajratilgan bo’lib, ularni o’qish va gumanitar mavzuda tadqiqot olib borish uchun moddiy yordam bilan ta’minlaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni va tadqiqot olib borishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. 120 000 yen miqdoridagi oylik stipendiya ( taxminan 1086 AQSh dollariga teng).
  2. 282 000 yen miqdoridagi qabul to’lovi (taxminan 2550 AQSh dollariga teng).
  3. 535 000 yen miqdoridagi kontrakt to’lovi (taxminan 4843 AQSh dollariga teng).
  4. Yaponiyadan tashqarida yashovchilar uchun Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari.

Grant uzog’i bilan 2 yil davomida, ya’ni talaba magistraturani bitirgunicha to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod 2018-yil oktabrda magistraturada o’qishini boshlayotgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod quyidagi mavzulardan biri bo’yicha tadqiqot olib borishi zarur: a) Yaponiya va boshqa davlatlar o’rtasidagi umumiylik. B) inson va tabiat uyg’unligi.
  3. Yoki, nomzod Yaponiyada bakalavriatda yoki tadqiqot kursida o’qiyotgan bo’lishi va 2018-yilda magistratura kursini boshlashni rejalashtirgan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod Afrika, Osiyo yoki Lotin Amerikasidan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Yapon tilini bilish majburiy emas, lekin JLPT 3 darajasiga ega bo’lsa, yanada yaxshi.
  6. Tohoku University tavsiyasiga ko’ra boshqa grant yutib olgan nomzodlar dasturda qatnashishlari mumkin emas.
  7. Nomzod Yaponiyada yashash uchun moddiy ko’makka muhtoj bo’lishi va boshqa tashkilotlardan moddiy ta’minot olmayotgan bo’lishi zarur.
  8. Nomzod tasischilar yiliga bir necha marta o’tkazadigan tadbirlarda ishtirok etishga tayyor bo’lishi kerak (xarajatlar qoplanadi).

Grant uchun nomzodning o’zi ariza topshirishi mumkin emas. Grant uchun ariza topshirmoqchi bo’lgan talabalar o’z universitetlari bilan bog’lanishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul jarayonida nomzod o’qishga kirgan universitetlar ham ishtirok etadi. 2017-yil ma’lumoti bo’yicha KMMF grantiga Yaponiyaning quyidagi 11 universitetlarining talabalari da’vogarlik qilishlari mumkin:

  • Hokkaido University
  • Tohoku University
  • University of Tsukuba
  • IUJ
  • The University of Tokyo
  • Kyoto University
  • Doshisha University
  • Ritsumeikan University
  • Osaka University
  • Nara Institute of Science and Technology
  • Kyushu University.

Har bir universitet 4 tagacha nomzodlarni KMMF grantiga tavsiya etishi mumkin. Universitetlar 2018-yil avgust boshida 4 nafar nomzodning ro’yxati va ular tomonidan ariza sifatida berilgan quyidagi hujjattlarni KMMF’ga topshirishlari kerak bo’ladi:

  1. Ariza.
  2. Tadqiqot rejasi.
  3. Grant uchun ariza topshirilayotgani sabablari ko’rsatilgan hujjat.
  4. “My Dream” mavzusidagi insho.
  5. “Personal Information Acquisition Agreement” formasi.
  6. Baholar nusxasi.

Eslatmalar

Bu yerda rasmiy saytda ilova qilingan kerakli hujjatlarni, jumladan hujjat topshirish bo’yicha yo’riqnoma va ariza formalarini yuklab olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!