×

Yaponiya: PhD bosqichi uchun oylik 1 871 AQSh dollar stipendiyali dastur!


Grant

MUHLAT

26.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1358 marta

Yaponiyaning Tokio Universiteti tarkibidagi The Graduate School of Frontier Sciences (GSFS)  Todai Fellowship grant dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Grant Graduate School of Frontier Sciences PhD bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Grant uch yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga uch yil davomida har oyda 200 000 yen (taxminan 1 871 AQSh dollar) stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod Graduate School of Frontier Sciences PhD bosqichiga oʻqishga kirgan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod Yaponiyada oʻqish uchun talabalik vizasi olishi kerak.
  4. Nomzod ingliz yoki yapon tilini bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 26-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab qay tartibda hujjat topshirish haqida yoʻriqnoma va hujjat topshirish tartibi bilan batafsil tanishing.
  2. Oʻqishga ariza topshiring. Arizaning yapon tilidagi shakli: shu yerda va ingliz tilidagi shakli: shu yerda. Toʻldirilgan ariza namunasini esa: shu yerdan olish mumkin.
  3. Keyin grant uchun ariza shaklini toʻldiring.
  4. Ilmoy rahbaringizdan tavsiyanoma oling. Tavsiyanomani magistraturada sizga ilmiy rahbarlik qilgan shaxsdan ham olish mumkin.
  5. Oʻquv rejasini toʻldiring.
  6. Tajribangiz va qobiliyatlaringiz haqida ma’lumotnoma tayyorlang.
  7. Agar jarayon boʻyicha muammo tugʻilsa yoki savollar boʻlsa ilo@edu.k.u-tokyo.ac.jp manziliga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Magistr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz yoki yapon tili sertifikati.
  • Ish tajribasi haqida hujjat.
  • CV/resume.
  • Motivatsion xat yoki esse soʻralishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida ma’lumotni toʻliq: shu yerdan va shu yerdan olasiz.

Ma’lumot uchun: ilo@edu.k.u-tokyo.ac.jp manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!