×

Yaponiya: Tokio universitetida magistraturada o’qish uchun stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

10.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2723 marta

Yaponiyadagi Tokio Universiteti Graduate School of Frontier Sciences, ya’ni, universitetdagi magistratura va doktorantura bo’limida Nitori International Scholarship Foundation (NISF) grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Yaponiya universitetlaridan birida tahsil olayotgan chet ellik talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Grantni universitetning magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan talabalar yutib olishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tokiyo universiteti magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nitori International Scholarship Foundation granti stipendiatiga oyiga 80000 yen, ya’ni, taxminan 740 AQSh dollar oylik stipendiya to’lanadi. Grant bir yilga beriladi.

Talablar:

Grantni yutib olish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Tokio universitetida o’qitiladigan, 2020-yil oktyabrda boshlanadigan magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza bergan bo’lishi va qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi va u yerda yashayotgan bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzodning baholari, o’zini tutishi va imkoniyatlari yuqori darajada bo’lishi va Yaponiyada o’qishga tayyor bo’lishi zarur.
  4. Nomzod millatlararo bag’rikenglikni targ’ib qila oladigan shaxs bo’lishi kerak.
  5. Nomzodning ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 90 bo’lishi kerak.
  6. Nomzod yapon tilini bilishi kerak.
  7. Nomzod boshqa grant dasturidan moddiy ta’minot olmasligi zarur.
  8. Agar grant taqdim etilsa, stipendiat NISF tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza berish uchun avval Tokio universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga ariza berish kerak. Keyin esa grantga ariza beriladi. Grant uchun arizalar 2020-yilning 10-iyuniga qadar davom etadi.

Tayyorlanadigan hujjatlar:

  1. Diplom va ilovasi.
  2. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi test sertifikati (IELTS yoki TOEFL).
  3. Insho.
  4. Pasport nusxasi.

To’liq ma’lumot uchun Nitori International Scholarships Foundation ramiy saytiga kiring (yapon tilida). Tokio universiteti magistratura kurslari bo’limi haqida batafsil ma’lumot esa bu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!