Yaponiyaning The Ministry of Education, Culture, Sports, Science, and Technology (MEXT) vazirligi xorijiy oʻqituvchilar uchun 2020-yilgi Teacher Training Students granti uchun arizalar qabulini e’lon qildi.
Dasturda ingliz yoki yapon tilida oʻqish mumkin. Oʻqiladigan tilni nomzodning oʻzi tanlaydi. Tanlangan dastur boshlanishi va tugashi 2020-yil oktabrdan 2021-yil mart oyigacha oraliqda boʻlishi kerak etadi. Dasturga nomzod kamida 5 yil maktab, kollej, litseyda ishlagan va 35 yoshgacha boʻlishi talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
Oʻqituvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Nomzod har oy 143 000 yen (taxminan 1 306 USD) miqdorida, stipendiya bilan ta’minlanadi. Olib borilayotgan tadqiqot sohasi va joyiga qarab oylik stipendiyaga yana 2 000-3 000 yen qoʻshib berilishi mumkin.
- Nomzodga dastur boshlanishida Yaponiyaga borish va dastur tugaganda qaytish uchun avia-chipta olib beriladi.
- Tanlangan kurslarga imtihon topshirish va ushbu kursda malaka oshirish xarajatlari MEXT tomonidan toʻlab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzod 35 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak. Ya’ni 1985-yil 2-apreldan keyin tugʻilgan boʻlishi lozim.
- Nomzod maktab, kollej (litsey) da kamida 5 yil ishlagan boʻlishi kerak.
- Nomzod pedagogika diplomiga ega boʻlishi, ya’ni oʻqituvchi boʻlishi kerak.
- Nomzod yapon tilini oʻrganishga qiziqishi va oʻrganishga tayyor boʻlishi lozim.
- Nomzod jismonan va ruhan sogʻlom boʻlishi zarur.
- Nomzod 2020-yilning sentabr yoki oktabr oyida, kurs boshlanishidan 2 hafta oldin Yaponiyada boʻlishi kerak. Shaxsiy masalalar boʻyicha koʻrsatilgan muddatdan avval borganlarga haq toʻlanmaydi.
- Nomzod amaliyot dasturi davomida “Student” Yaponiya vizasini oladi va vaqtinchalik Yaponiya rezidenti statusida boʻladi.
- Oliy ta’lim tizimida ishlaydigan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydilar.
Barcha talablar va cheklovlar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2020-yil 27-yanvarga qadar qabul qilinadi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab kurslar boʻyicha yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Soʻngra stipendiya dasturiga ariza berish tartibi hamda kerakli hujjatlar bilan: shu yerda tanishib chiqing.
- Kerakli hujjatlar va arizani dedlaynga qadar Oʻzbekistondagi Yaponiya elchixonasiga topshiring.
Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:
- Hujjatlarni topshirish.
- Yozma imtihon topshirish. Ingliz tilida oʻqimoqchi boʻlganlar ingliz, yapon tilida oʻqimoqchi boʻlganlar yapon tilida topshiradi.
- Yuzma-yuz suhbat. Suhbat kandidat topshirgan tilda (ingliz yoki yapon tilida) olib boriladi.
Qoidaga koʻra, avvalgi bosqichdan oʻtmagan kandidat keying bosqichdagi tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Topshiriladigan hujjatlar roʻyxati:
- Soʻrovnoma-ariza (Application form).
- Institutlarni tanlash (Placement Preference Form).
- Baholari koʻrsatilgan diplomga ilova (oxirgi oʻqish joyi boʻyicha).
- Oxirgi oʻqigan joyi diplomi topshiriladi.
- Ish joyidan ma’lumotnoma.
- Ish joyidagi rahbardan tavsiyanoma.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
- Yapon tilini bilishi haqida sertifikat. Agar sizning nomingizga yozilgan shunday hujjat bor boʻlsa.
Eslatma: Hujjatlarning bittadan asl nusxasi va bittadan koʻchirma nusxai topshirilishi lozim. Shuningdek, hujjatlarning shakli keyingi yili oʻzgarishi mumkin. 2020-yilgi dastur uchun toʻldirilishi lozim boʻlgan hujjatlarni shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Hujjatlar qayerga topshiriladi: Tayyor holga keltirilgan hujjatlar Yaponiyaning Oʻzbekiston elchixonasiga topshiriladi.
Dastur va u taqdim etadigan imkoniyatlar, hujjat topshirish jarayoni va boshqa maʼlumotlar bilan oʻzingizga qulay tilda batafsil tanishing: