×

Yaponiya: Magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

24.11.2019

QOLGAN VAQT

37 kun

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2120 marta

Yaponiyaning Yokohama National University magistratura va doktoranturada oʻqishni istagan nomzodlargan Special International Program for Urban Infrastructure Engineering in Developing Countries dasturida qatnashishga taklif etadi.

Mazkur dastur Yokohama Milliy Universiteti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun moʻljallangan.

Grant ingliz tilida oʻqitiladigan “Fuqarolik muhandisligi” (Civil Engineering) sohasida magistratura va doktorantura kursi uchun taaluqli. Grant quyidagi yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Magistratura va doktorlik dasturini oʻrganish uchun grantlar mavjud.
  • Grant faqat fuqarolik muhandisligi sohasida beriladi.
  • Ushbu dastur uchun stipendiyaalr MEXT stipendiyalar dasturi doirasida beriladi va ushbu dastur uchun alohida kvotalar belgilangan.
  • Magistratura bosqichi uchun 2 ta va doktorantura bosqichi uchun 5 ta toʻliq qoplanadigan grant taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Doktorantura bosqichiga qabul qilishni istagan talaba quyidagi talablariga ega boʻlishi kerak:

  • Nomzod toʻrt yillik bakalavr va magistrlik darajasiga yoki unga muqobil ilmiy darajaga va yuqori ilmiy salohiyatga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod Yaponiyadagi tadqiqot davomida izlanish olib borish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtirilgan sertifikat talab qilinadi.

Magistratura bosqichiga qabul qilishni istagan talaba quyidagi talablariga ega boʻlishi kerak:

  • Nomzod toʻrt yillik bakalavr darajasiga va yuqori ilmiy salohiyatga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi lozim. TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtirilgan imtihon sertifikati soʻraladi.
  • Oʻqish davomida yaxshi va namunali baholarga ega boʻlishi tavsiya qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish uchun quyidagi hujjatlarni 2019-yil 24-noyabrdan kechikmasdan pochta orqali joʻnatish kerak.

Faqat pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinadi. Elektron pochta yoki faks orqali yuborilgan arizalarni qabul qilinmaydi.

Hujjatlar roʻyxati:

  1. Soʻrovnoma-ariza (Application form) – shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
  2. Doktoranturada hujjat topshiruvchilar uchun magisrlik diplomi va baholari koʻrsatilgan diplomga ilova, Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun bakalavr bosqichini bitirganlik haqida diplom va baholari koʻrsatilgan diplomga ilova.
  3. Ingliz tilini bilishini isbotlovchi hujjat (TOEFL yoki IELTS yoki unga tenglashtirilgan rasmiy sertifikat).
  4. Ikkita tavsiyanoma. Har bir tavsiyanoma, konvertning ustida tavsiyanomachi tomonidan imzolangan yopiq konvertda boʻlishi kerak va tavsiyanomani bergan shaxs toʻgʻridan-toʻgʻri universitetga yuborishi kerak.

Grant haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!