×

Yaponiya: yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan forum!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4484 marta

Youth in Landscapes Initiative (YIL) yoshlar harakati 18-35 yoshdagi, iqlim muammolari va uning yechimlari muhokamasida qatnashish istagidagi barcha yoshlarni o’zining 2019- yil 13-mayda Kyoto shahrida o’tkaziladigan Global Landscapes Forum (GLF) forumida ishtirok etishga taklif etadi. Forumda dunyoning turli davlarlaridan tashrif buyurgan yoshlar iqlim bilan bog’liq muammolarga o’zlarining original yechimlari taklif etadilar. Yiginda ishtirokchilar speaker (ma’ruzachi) yoki audience (tinglovchi) sifatida ishtirok etishlari mumkin. Forum tashkilotchilari favqulotda iqtidorli va shu sohada tajribaga ega qatnashchilarga to’liq va qisman grantlar ajratadi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Rivojlanayotgan mamlakat vakillari va talabalar uchun tadbirda qatnashish qiymati 100 AQSh dollarini, erta ariza topshirgan qatnashchilarga esa 75 AQSh dollarini tashkil etadi. Batafsil
  • Global Landscapes Forum (GLF) grantini yutib olgan, forumda speaker sifatida qatnashayotgan/qatnashuvchi ishtirokchilarga tadbirda bepul qatnshish, turar joy, safar xarajatlari kabi barcha xarajatlar tadbir tashlilotchilari tomonidan to’lab beriladi.
  • Grantni yutib olgan, forumda audience sifatida qatnashish istagidagi yoshlarga tadbirda qatnashish uchun to’lnadigan to’lov (100 AQSh dollari) homiylar tomonidan to’lab beriladi.

Talablar:

Speaker:

  1. Fuqarolikka oid cheklovlar yo’q (barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin).
  2. Nomzod iqlim muammolari, oziq – ovqat havfsizligi mavzusiga bag’ishlangan harakat/tadbirlarda qatnashish bo’yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo’lishi lozim.
  3. Nomzod 18-35 yoshda bo’lishi kerak.
  4. Nomzod o’z jamiyatining faol a’zosi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod o’z bilganlarini boshqalar bilan o’rtoqlashish, tajriba almashishga intiluvchan shaxs bo’lishi zarur.
  6. Nomzod ingli tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod forumda 5-10daqiqa davomida tinglovchilar oldida nutqso’zlay olishi kerak.
  8. Nomzod tadbir hay’atiga o’zining notiqlik san’atini namoyish qilishi zarur. Buning uchun nomzod ozining ommaga qilgan nutqi yozilgan videotasmani ko’rish uchun havola (link) taqdim etishi yoki iqlim o’zgarishlari va o’zining bu bilan qanday kurashayotganligi haqidagi 60 soniyalik prezentatsiya (videorolik) tayyorlashi kerak.

Audience:

  1. Fuqarolikka oid cheklovlar yo’q (barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin).
  2. Nomzod forumda bilimlarini kengaytirib, tajriba orttirish istagidagi talaba/yosh mutahassis bo’lishi kerak.
  3. Nomzod iqlim muammolari, oziq – ovqat havfsizligi muammolari va ularning yechimlari masalalariga qiziqishi, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish istagidagi shaxs bo’lishi zarur.
  4. Nomzod 18-35 yoshda bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda to’liq tanishing.

 Hujjat topshirish jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza to’ldiriladi va talab qilingan hujjatlar kerakli o’rinlarga yuklanadi. Arizalar 2019-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza/
  2. 2 ta esse.
  3. CV.
  4. Omma oldida so’zlangan nutqi yozilgan videotasma/iqlim o’zgarishlari va o’zining bu bilan qanday kurashayotganligi haqidagi 60 soniyalik videorolik (faqat speakerlar uchun).

Grant haqidagi to’liq ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan  Jeremy.VanLoon@cgiar.org ga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!