Xalqaro AIESEC tashkiloti va Yaponiyaning iForcom kompaniyasi 18 dan 30 yoshgacha marketing sohasi mutaxassislarini Marketing oversea expansion in IT company in Tokyo stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 52 hafta davomida Yaponiyaning Tokio shahridagi iForcom korxonasida marketolog boʻlib ishlash va IT texnologiyalarni chuqur oʻrganish imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Researching the market and generate a report, and present the result of the investigation.
- Learn and understand about IoT business.
- Planning and presenting a new strategy for overseas expansion.
- Think of any obstacles that the plan may face and how to solve them.
- Final presentation for proposing the strategy to the company.
Grant kimlar uchun?
18 dan 30 yoshgacha marketing sohasi mutaxassislari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat, kompyuter jihozlari va oylik 35 000 JPY (taxminan 323 USD) stipendiya beriladi.
Dastur nomzodning transport kabi xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod Marketing mutaxassisi boʻlishi zarur.
- Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
- Nomzod kamida bakalavr/masistr diplomiga ega boʻlishi zarur
- Nomzod yapon va tilini yaxshi bilish kerak.
- Nomzod Programming Skills, Consulting, Digital Markting koʻnikmalariga ega boʻlishi
- Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 6-noyabrgacha.
- Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
- Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
- Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
- Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.
Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:
Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:
- Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
- Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
- Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
- Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
- Arizaning “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol beriladi. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing. Savoldan tashqari fanga ois test berilishi ham mumkin.
Eslatma:
- Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
- Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
- Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning HITOTSUBASHI UNIVERSITY dagi vakilidan hi@aiesec.jp manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Murojaat uchun: onlayn chat; info.hi@aiesec.jp