×

Yaponiyada magistratura: To’liq grant va 1070 AQSh dollar oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

28.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3784 marta

Yaponiyaning JFUNU (The Japanese Foundation for United Nations University) magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • United Nations University universitetida o’qish uchun to’lanadigan kontrakt puli to’liq qoplab beriladi.
  • Nomzod har oy 120000 yen (taxminan 1070 AQSh dollari) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Eslatma: Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari, tibbiy sug’urta to’lovi dastur tomonidan qoplab berilmayd. Bu xarajatlarni nomzodning o’zi to’lashi lozim.

Talablar:

  • Nomzod begilangan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekiston ushbu davlatlar qatorida bor).
  • Nomzodda brqarorlik tadqiqotlari (sustainability studies) ga kuchli qiziqish bo’lishi lozim.
  • Xalqaro muammolarni o’rganish va tushunish, ularga yechimlar taklif qilish uchun tayyor bo’lishi kerak.
  • Barqarorlik tadqiqotlari (Sustainabilty studies) ga oid yoki aloqador sohada bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim. 2018-yilning sentabrigacha bakalavrlik diplomini oluvchilar ham topshirishi mumkin.
  • O’rtacha umumiy bahosi 4 dan 3.5 bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablar: 600 in TOEFL – Paper-Based Testing (PBT); 100 in TOEFL – Internet-Based Testing (IBT); 7.0 in IELTS – Academic format.

Quyidagilar ushbu dasturga topshira olmaydi:

  • Hozirda Yaponiyada ish vizasi asosida yashayotganlar.
  • Magistrlik diplomiga ega bo’lganlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dastur uchun topshiriladigan alohida ariza mavjud emas. United Nations University universitetiga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu dasturga ariza topshirgan hisoblanadi va nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

Universitetga ariza topshirish uchun uiversitetning rasmiy vebsaytiga kirish lozim. Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi va so’ralgan barcha hujjatlar onlayn tarzda yuklanishi kerak.

Ariza topshirish uchun dastlab rasmiy vebsaytdan ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan qanday o’tilishi haqidagi ma’lumot bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

JFUNU (The Japanese Foundation for United Nations University)

Ushbu grant faqat “The Master of Science in Sustainability” yo’nalishi uchun taqdim qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!