“Rivojlanayotgan mamlakatlarda Shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha maxsus xalqaro dastur» 2018-yil uchun qabul e’lon qiladi. Mazkur dastur Yokohama Milliy Universiteti tomonidan tashkil etilgan bo’lib, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun mo’ljallangan.
Bu to’liq ingliz tilida olib boriladigan “Fuqarolik muhandisligi” (Civil Engineering) sohasida magistratura va doktorantura kursidir.
Universitet haqida
Yokohama – bu Osiyo uchun dunyoga ochilgan yo’ldir. Yokohama porti 19-asrda ochilganidan buyon Yokohama G’arbni Sharq bilan bog’lovchi chorraha vazifasini bajarib kelmoqda. Yaponiyani modernizatsiya qilish va globallashtirish aynan Yokohamadan boshlangan. Bugungi kunda Yaponiyaning ikkinchi yirik shahri bo’lgan Yokohama, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy taraqqiy topgan shaharlardan biri sifatida tan olingan.
Tadqiqotning asosiy yo’nalishlari:
- Tizimli muhandislik (Structural Engineering);
- Estuariy va sohilbo’yi muhandisligi (Estuarine va Coastal Engineering);
- Geotexnik muhandislik (Geotechnical Engineering);
- Transport va shaharsozlik (Transportation and Urban Engineering)
- Beton muhandisligi (Concrete Engineering)
Grant kimlar uchun?
Magistratura va Doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Magistratura va doktorlik dasturini o’rganish uchun grantlar mavjud;
- Grant faqat fuqarolik muhandisligi sohasida beriladi;
- Ushbu dastur uchun stipendiyaalr MEXT stipendiyalar dasturi doirasida beriladi va ushbu dastur uchun alohida kvotalar belgilangan;
- Magistratura bosqichi uchun 2 ta va doktorantura bosqichi uchun 5 ta to’liq qoplanadigan grant taqdim etiladi;
Talablar:
Doktorantura bosqichiga qabul qilishni istagan talaba quyidagi talablariga ega bo’lishi kerak:
- Nomzod to’rt yillik bakalavr va magistrlik darajasiga yoki unga muqobil ilmiy darajaga va yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lishi lozim;
- Nomzod Yaponiyadagi tadqiqot davomida izlanish olib borish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim (TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtiruvchining rasmiy balli)
Magistratura bosqichiga qabul qilishni istagan talaba quyidagi talablariga ega bo’lishi kerak:
- Nomzod to’rt yillik bakalavr darajasiga va yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lishi lozim;
- Nomzod ingliz tilini bilishi lozim (TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtiruvchining rasmiy balli)
- O’qish davomida yaxshi va namunali baholarga ega bo’lishi tavsiya qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
2018-yil oktyabr oyida boshlanuvchi dasturga ariza berish uchun quyidagi hujjatlarni 2018-yilning 9-yanvaridan kechikmasdan pochta orqali jo’natish kerak.
Faqat pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinadi. Elektron pochta yoki faks orqali yuborilgan arizalarni qabul qilinmaydi.
Hujjatlar ro’yxati:
- So‘rovnoma-ariza (Application form) – SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin;
- Doktoranturada hujjat topshiruvchilar uchun magisrlik diploma va baholari ko‘rsatilgan diplomga ilova, Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun bakalavr bosqichini bitirganlik haqida diplom va baholari ko‘rsatilgan diplomga ilova;
- Ingliz tilini bilishini isbotlovchi hujjat (TOEFL yoki IELTS yoki unga tenglashtirilgan rasmiy sertifikat);
- Maxsus ikkita tavsiyanoma. Har bir tavsiyanoma, konvertning ustida tavsiyanomachi tomonidan imzolangan yopiq konvertda bo’lishi kerak va tavsiyanomani bergan shaxs to’g’ridan-to’g’ri universitetga yuborishi kerak.
Ushbu Grant dastur uchun qanday qilib muvaffaqiyatli topshirilishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun siz rasmiy veb-saytga – SHU YERGA tashrif buyuring