×

Xitoy: magistratura uchun to’liq grant, bepul turar-joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

04.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

8994 marta

Xitoy poytaxtida joylashgan Yenching Academy of Peking University universitetining China Studies yo’nalishidagi bir yillik magistratura dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dasturning maqsadi dunyoning turli hududlari bilan Xitoy munosabatlarini yaxshilash va xalqaro talabalarni qadimiy va zamonaviy Xitoy bilan tanishtirishdir. Dasturga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan taxminan 120 nafar talaba qabul qilinadi.

Barcha talabalar uchun to’liq grant ham ajratilgan bo’lib, bu grant Xitoy madaniyatini o’rganish istagidagi yoshlar uchun bepul ta’lim olish imkonini beradi. Kursning afzalligi shundaki, talaba o’zini qiziqtirgan sohani tadqiqot uchun tanlab, shu sohani China Studies yo’nalishi bilan bog’liq holda o’qisa, unga “Master of Economics in China Studes”, “Master of Law in China Studies” kabi yo’nalish+ Xitoy fanlari ko’rinishidagi diplom beriladi.

Diplom yo’nalishi uchun quyidagi sohalarni tanlash mumkin:

  • Iqtisodiyot va Menejment
  • Tarix va Arxeologiya
  • Falsafa va Dinshunoslik
  • Siyosat va Xalqaro Aloqalar
  • Huquqshunoslik va Jamiyat
  • Adabiyot va San’at

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yenching akademiyasiga o’qishga qabul qilinib, grant yutib olgan talaba quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  1. Talabala kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
  2. Talabaga o’qish boshlanganda Xitoyga kelish va nihoyasiga yetganda qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi.
  3. Talaba Universitet hududida yashashi uchun yotoqxona ajratiladi.
  4. Talabaning oziq-ovqat kabi kunlik xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
  5. Talabaning hayoti sug’urta qilinib (basic medical insurance), bu xarajat ham akademiya tomonidan qoplab beriladi.

Talablar:

China Studies yo’nalishi ancha ochiq kurs bo’lib, unga barcha soha vakillari qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishsa bas:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’z sohasida yetuk mutaxassis bo’lib yetishishni o’z oldiga maqsad qilgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod o’zida yuksak yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod o’ta qiziquvchan va ilmga chanqoq bo’lishi zarur.
  6. 25 yoshgacha bo’lgan nomzodlarga qabul jarayonida ustunlik beriladi, lekin 28 yoshgacha bo’lgan nomzodlar ham dasturga qabul qilinishi mumkin.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi (kamida IELTS 7,0 yoki TOEFL IBT 100 talab etiladi) va Xitoy davlari madaniyatiga kuchli qiziqish bildirishi ayniqsa muhim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berish talab etilmaydi. Magistratura kursiga ariza bergan nomzodlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizalar bu yerda 2020-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (onlayn to’ldiriladi)
  2. Shaxsiy bayonot (personal statement) – hajmi 750 so’z yoki undan kam bo’lishi zarur.
  3. CV.
  4. Baholar.
  5. Ikkita tavsiyanoma
  6. Til bilish darajasini ko’rsatuvchi sertifikatlar. Bunda eng kamida IELTS 7, TOEFL 100, Cambridge 180, CEFR C1 bo’lishi zarur.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Agar asl nusxalar boshqa tilda bo’lsa, ingliz tiliga rasman tarjima qilish zarur.

Batafsil ma’lumot uchun muhim savol-javoblar va rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz yoki yca-admissions@pku.edu.cn elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!