×

Yevropa: Magistraturada tahsil olish uchun toʻliq grant; safar va sugʻurta xarajatlari qoplanadi; stipendiya – 1 000 yevro!


Grant

MUHLAT

10.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

4261 marta

Erasmus Mundus dasturi doirasida tashkil etilgan Euroculture Erasmus Mundus Scholarships magistratura grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grant Yevropa universitetlarida oʻqitiladigan 2020-2022-oʻquv yili uchun ikki yillik Yevromadaniyat (Euroculture) magistratura kurslari uchun ajratilgan toʻliq grant hisoblanadi. Yevromadaniyat magistratura kurslarida talabalar Yevropa davlatlari madaniyati, jamiya va siyosatini chuqur oʻrganish va Yevropaning hozirgi va kelajakdagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida chuqur bilim olishlari mumkin. Grant dasturidan maqsad Yevropadagi jamiyat, siyosat va madaniyatga qiziqish bildirayotgan umidli talabalarga oʻqish uchun moddiy jihatdan yengillik berish va kelajak uchun yetakchilar tayyorlash.

Euroculture magistratura dasturining oʻziga xosligi shundagi, u Euroculture Consortium deb nomlangan maxsus hamkorlik dasturining mahsuli, bu kursga oʻqishga kirgan talaba oʻqishni bitirgunicha Yevropadagi kamida 3 ta universitetda almashlab oʻqiydi. Consortium’ga 8 ta universitet azo boʻlib, ularga Golandiyadagi Groningen universiteti kordinatorlik qiladi. Talaba Euroculture magistratura kursi uchun Erasmus Mundus grantini yutsa yoki shunchaki kontraktga oʻqishga kirsa ham, baribir oʻqish davomida har semestrni turlicha universitetlarda oʻqiydi.

Euroculture magistratura dasturida ushbu 8 oliy ta’lm muassasasi ishtirok etadi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Talabaning kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. Talabaga har oy 1 000 yevro stipendiya beriladi.
  3. Talabaning safar xarajatlari va boshqa shu kabi xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  4. Talaba tibbiy sugʻurta qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod oʻqigan bakalavr yoʻnalishi Yevromadaniyatga yaqin boʻlishi kerak, masalan, san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar, tarix va hkz.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun TOEFL PBT’dan kamida 580, TOEFL IBT’dan kamida 92 yoki IELTS’dan kamida 6.5 olganlik talab etiladi.
  5. Nomzod ilgari Erasmus Mundus magistratura grantini yutib olmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi (boʻlajak talabalar uchun. Ayni vaqtda tahsil olayotgan talabalar jarayonni ikkinchi bosqichdan boshlaydilar).

Grantga hujjat topshirish uchun aholida ariza berish shart emas. Euroculture magistratura kursi bilan grantning oʻziga bitta onlayn ariza berish kifoya (onlayn ariza blankasini toʻldirishni boshlashdan oldin tizimda roʻyxatdan oʻtishingiz va shaxsiy profilingizga kirishingiz kerak). Mabodo nomzod grant yutolmay qolsa ham kontraktga oʻqishga kirishi mumkin. Ariza topshirish jarayonida nomzod Euroculture Consortioum’dagi 8 universitetdan 3 tasini tanlashi kerak boʻladi. Oʻqish davomida ayan shu universitetlarda oʻqish majburiy emas, lekin grant yutgan talaba oʻzi birinchi tanlangan 2 ta universitetga joylashtirilish ehtimoli yuqori boʻladi.

Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlar:

  1. Rasmiy tarjima qilingan diplom va uning ilovasi (baholar). Bunda nomzod bakalavr va magistratura kurslarida olgan ilmiy daraja diplomlari va baholarini topshirishi zarur. Bir nomzod 1-3ta diplom va ilova taqdim etishi mumkin.
  2. Ingliz tili testlari sertifikatlari (IELTS, TOEFL va hkz).
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. CV/resume.
  5. Passport nusxasi.
  6. Passport hajmdagi fotosurat.
  7. Nomzodning ilmiy maqola va tezislari.
  8. Motivatsion xat. Batafsil

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi va hajmi 2 MB dan oshmasligi kerak.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz, euroculture@rug.nl elektron manzili yoki +31 (0)50 363 6293 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!