Yevropa Parlamenti 2020-yilgi Schuman Traineeships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur toʻrt-besh oygacha davom etadi. Stajirovka dasturida Yevropa Parlamentining faoliyatiga qiziquvchi nomzodlar qatnasha oladilar.
Stajirovka davomida nomzodlar Yevropa Palamentining Kotibiyatida tashkilot faoliyatini kuzatish, ishtirok etish va tajriba oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar. Dastur 2020-yil 1-martdan 31-iyulgacha oraliqda boʻlib oʻtadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18 yoshdan katta va OTM diplomiga ega boʻlganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori amaliyot qaysi davlatlda oʻtkazilishiga qarab farq qiladi. Batafsil ma’lumot: shu yerda berilgan.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlat (jumladan, oʻzbekistonlik) fuqarolar ariza topshira oladi.
- Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi, yoki oʻqishni tugatib tegishli davlat tashkilotida ishlayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod kamida 18 yoshda boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod sudlanmagan boʻlishi lozim.
- Nomzod Yevropa Ittifoqining rasmiy qabul qilingan tillaridan birini bilishi zarur.
- Nomzod amaliyot davrigacha 2 oy YeIdagi institut-muassasalarda ishlamagan, 6 oy Yevropada yashamayotgan boʻlishi talab qilinadi.
Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
- Shu yerdan mos keladigan davlat va amaliyotni toping va roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtishda shaxsiy ma’lumotlar soʻraladi, ularni toʻliq yozing.
- Koʻpi bilan 3ta amaliyot kampaniyasiga ariza berishingiz mumkin. Mos keladigan amaliyotga onlayn tarzda ariza topshiring.
- Arizaga qoʻshimcha tarzda Europass formatidagi resume ilova qilasiz.
- Har bir tanlangan amaliyot uchun alohida (agar 3 tagacha ariza topshirsangiz) motivatsion xat yozib, ularni ham tizimga yuklash kerak. Xat hajmi 1 betgacha boʻlishi lozim.
- 1-15-yanvar oraligʻida dastlabki saralash oʻtkaziladi va qisqacha roʻyxat e’lon qilinadi.
- 15-yanvardan boshlab ikki hafta ichida tizimga universitet diplomlaringizni va sudlanmaganlik haqida ma’lumotnomangizni yuklaysiz.
- 1-yanvardan 15-fevralgacha siz bilan amaliyot sektori vakili bogʻlanadi.
- 1-martdan esa amaliyot oʻtashni boshlaysiz.
Barcha kerakli ma’lumotlar: shu yerda. YeP ichki tartib-qoidalari haqida esa: shu yerda tanishing.
Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2020-yil 15-fevralgacha e’lon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: EP-Traineeships@europarl.europa.eu manziliga murojaat qiling.