×

Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Bishkek shahridagi maktabi


Grant

MUHLAT

15.03.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2292 marta

Yevropa xavfsizlik ba hamkorlik tashkiloti siyosat, xavfsizlik, xalqaro aloqalar, mojarolarni hal etish, xalqaro rivojlanish, iqtisodiyot va iqtisodiy boshqaruv sohalarida chuqur bilimga ega bo’lishni istovchi talabalarga magistraturada o’qish uchun grant dasturini e’lin qiladi.

Taklif qilinayotgan dasturlar:
1. Siyosat va xavfsizlik(Markaziy Osiyoda) magistri
2. Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish magistri

Grant kimlar uchun?

YXHT a'zosi bo'lgan davlatlarda yashovchi bakalavr darajasiga ega talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ta’lim to’lovini bekor qilish
  • har oy 180 € stipendiya
  • turar joy uchun(Bishkekda yashovchilar bundan mustasno) 120 € yordam
  • Bishkek bo’ylab sayohat
  • tibbiy yordam(Qirg’iziston fuqarosi bo’lmaganlar uchun)
  • farzandlilar uchun  yordam:har bir bolaga 1 oyda 15 €
  • eng yaxshi talabalar uchun Yevropada stajirovka o’tash imkoniyati

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, O'zbekiston, Mongoliya

Talablar:

*dasturga bog’liq yo’nalishda muvaffaqiyatli tamomlanganlikni bildiruvchi bakalavr diplomiga ega bo’lish

*ingliz tilini advanced (eng yuqori) darajasida bilish

*35 yoki undan kichik yoshda bo’lish

*Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, O’zbekiston va Mongoliya davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi(YXHT ning boshqa a’zo davlatlari fuqarolari uchun o’rinlar cheklangan)

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun registratsiyadan o’tiladi va onlayn ariza to’ldiriladi:

Siyosat va xavfsizlik yo’nalishiga topshiruvchilar   osce.embark.com/apply/politicsandsecurity orqali,

Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish fakultetiga topshiruvchilar  osce.embark.com/apply/governanceanddevelopment orqali ariza topshiradilar.

Agar sizni qiziqtiradigan qandaydir savollar bo’lsa, siyosat va xavfsizlik yo’nalishi uchun: MA-PS@osce-academy.net, Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish dasturi bo’yicha esa, MA-EGD@osce-academy.net manziliga yozing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Organization for Security and Co-operation in Europe

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!