×

Yevropada iqtisod bo’yicha Erasmus Mundus EGEI magistratura kursi: bepul o’qish va 1000 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

12720 marta

Bitta magistratura kursi davomida Yevropaning bir nechta davlatlari va universitetlarida o’qish imkonini beruvchi Erasmus Mundus qo’shma magistratura dasturlaridan biri – Erasmus Mundus Joint Master in Economics of Globalisation and European Integration (EGEI) dasturiga va shu dastur talabalari uchun ajratilgan to’liq grantga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu magistratura dasturi iqtisod yo’nalishiga ixtisoslashgan va 2 yil (4 semestr) davomida ingliz tilida o’qitiladi. Dastur Yevropadagi 8 universitetining o’zaro hamkorligida tashkil qilingan bo’lib, talabalarga shu universitetlarning malakali o’qituvchilari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalardan tashrif buyurgan mutaxassislar dars beradi. 4 semestr o’qish davomida talabalar Yevropadagi 3 xil davlatda joylashgan 3 ta universitetda o’qiydi. Talabaning xohishiga ko’ra, ko’proq universitetlarda o’qish ham mumkin. Dasturda quyidagi universitetlar qatnashadi:

  • Xiamen University – Xitoy
  • University of Bari – Italiya
  • Ghent University – Belgiya
  • Centre for European Policy Studies (CEPS) – Belgiya
  • University of Bari Aldo Moro – Italiya
  • University of Cantabria – Ispaniya
  • Tartu University – Estoniya
  • Universidad Tecnica Federico Santa Maria – Chili

Magistrlik dasturining tuzilishi, qaysi semestrni qaysi davlatda oʻqish mumkinligi va fanlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Oʻqish 2023-yil sentabr oyi oʻrtalarida boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik talabalar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  1. Kontrakt to’lovi va o’qish bilan bogʻliq bosha to’lovlar toʻliq qoplab beriladi.
  2. Talabaga har oy 1000 yevro stipendiya beriladi.
  3. Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ beriladi.
  4. Oʻqish boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ beriladi.

Dasturda kontrakt asosida ham o’qishni ham tanlashingiz mumkin. Kontrakt miqdori yiliga 8000 yevroni tashkil qiladi, o’qish 2 yil bo’ladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Magistratura kursiga qabul uchun nomzod iqtisod, amaliy iqtisod yoki shu sohalarga yaqin boshqa yo’nalishlarda kamida bakalavr darajasi (diplomi)ga ega bo’lishi yoki o’qish boshlangunicha bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritishi kerak (bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar ham ariza topshira oladi). hali bakalavriatni tugatmagan talabalar bakalavrlik diplomini 2024-yilning 6-avgustigacha taqdim etishi lozim.  Siyosiy fanlar, xalqaro aloqalar, buxgalteriya va bisnes kabi boshqa sohalarda oʻqigan nomzodlar oʻqish davomida iqtisodiyot fanidan yetarli kredit (180 ECTS)toʻplagan boʻlsa, ushbu dasturga qabul uchun nomzod sifatida koʻrib chiqiladi (bu yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot zarur boʻlsa, bu yerdagi kontaktlar bilan bogʻlaning).
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 90 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Bakalavriatni ingliz tilida oʻqiganlar til sertifikatini topshirishdan ozod etiladi. Shuningdek, ingliz tilini bilish darajasi intervyu yoki imtihon olish orqali ham tekshirilishi mumkin.
  • Erasmus Mundus to’liq granti akademik yutuqlari va ish tajribasi magistratura kursiga eng mos tushgan nomzodlarga belgilanadi. Saralash jarayonida 100 ballik tizimda akademik yutuqlar uchun 60 ballgacha, motivatsiya xati uchun 20 ballgacha, ish tajribasi, til bilish darajasi va boshqa koʻrsatkichlar uchun 20 ballgacha beriladi. Saralash vaqtida to’plagan ballari asosida nomzodlar reytingi tuziladi. Bir xil ball to’plagan nomzodlar orasidan baholari yuqoriroq nomzodlar hamda ayol nomzodlarga ustunlik beriladi. Ya’ni agar hujjatlar tekshirilganda ayol va erkak nomzod 85 balldan to’plasa, ayol nomzod reytingda birinchi joylashtiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. 2024-yil 15-fevralgacha magistratura kursiga hujjat topshirgan nomzodlarning arizalari avtomatik tarzda grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arizalar qabuli 2023-yil noyabr oyi oʻrtalarida boshlanadi. Qabul platformasiga kirish uchun havola noyabr oyida BU YERDAGI sahifa oxirida joylanadi.

Bu kursda o’z hisobingizdan, kontrakt asosida o’qish ham mumkin, bunda 2024-yil 30-martgacha ariza topshirish kerak bo’ladi. 15-fevraldan keyin kelib tushgan arizalar faqat kontrakt asosida qabul uchun ko’rib chiqiladi.

Ariza topshirishda kerak boʻladigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi.
  • Universitetda olingan ilmiy daraja(lar)ning diplomi nusxasi, skanerlangan holda. Faqat bakalavriatni bitirganlar bakalavr diplomini, magistraturani bitirganlar bakalavr va magistrlik diplomini topshiradi. Bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar universitetda oʻqiyotgani va qachon universitetni bitirishi haqidagi maʼlumotnomani topshiradi (maʼlumotnoma universitetdan olinadi).
  • Universitetda olingan baholar va ilmiy daraja diplomlarining legalizatsiya qilingan nusxalari.
  • Motivatsiya xati.
  • Europass formatida tayyorlangan CV.
  • Kamida 1 nafar, koʻpi bilan 3 nafar tavsiya beruvchi shaxsning kontakt maʼlumotlari.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 90).
  • Arizaga aloqador bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa hujjatlar (masalan, dasturga aloqador sertifikatlar va hkz.). Bunday hujjatlarni topshirish ixtiyoriy.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan egei@uniba.it elektron pochta manziliga (Dastur direktori professor  Nicola Daniele Coniglio) murojaat qilishingiz mumkin.

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!