Umumiy ma’lumot:
Bilefeld Universiteti Tarix va Sotsiologiya Maktabi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayollar safini kengaytirish maqsadida, magistraturani tugatgan va doktoranturada o’qish niyati bor nomzodlarga doktoranturada o’qish uchun o’z ilmiy tadqiqot mavzularini aniqlab olish, ilmiy izlanish va universitetlarning doktorantura bosqichlariga hujjat topshirishda yordam berish uchun qisqa muddatli grant imkoniyatini taklif qiladi.
Dastur davomida ishtirokchilarga doktoranturaga hujjat tayyorlash va topshirish, ilmiy ish mavzusini tanlash yoki rivojlantirish borasida treninglar o’tkaziladi.
Dastur nemis tilida olib boriladi va 2015-yil 1-oktabrdan 2016-yil 31-yanvargacha davom etadi.
Kim uchun:
- Ta’lim, sotsiologiya, siyosatshunoslik yoki ijtimoiy fanlar, tarix, gender munosabatlari, ijtimoiy antropologiya, ijtimoiy fanlar yoki gumanitar fanlarning boshqa turlarida magistratura diplomiga ega yoki olish arafasida;
- Tarix yoki sotsiologiya sohasida doktoranturada ilmiy tadqiqot olib borish niyatida bo’lgan;
- Nemis tilini yaxshi biluvchi ayollar.
Grant miqdori:
Dastur ishtirokchilarga oyiga 1200 yevro stipendiya beradi. Agar ishtirokchining farzandi yoki farzandlari bo’lsa, ko’proq stipendiya to’lanadi.
Ariza to’ldirish tartibi:
- Dasturda ishtirok etishdan maqsadingiz ifodalangan 1 betdan iborat qisqa insho;
- Rezyume;
- 700 so’zdan oshmagan ilmiy tadqiqot mavzusining tavsifi;
- 700 so’zdan oshmagan magistratura darajasidagi ilmiy tadqiqotingizning qisqa xulosasi;
- O’qituvchi yoki professoringizdan tavsiyanoma xati;
- Magistratura diplomingiz va uning baholar varaqasining nusxasi. Diplomni hali qo’lga kiritmaganlar esa magistraturani tugatganligi haqida tegishli universitetdan ma’lumotnoma olishi lozim.
Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida pdf formatida 2015-yil 15-iyunga qadar applicaton-bghs@uni-bielefed.de manziliga yuborilishi lozim. Xat mavzusiga “Shortcuts scholarship” yozuvi qo’yilishi lozim. Tavsiyanomalar uni beruvchilar tomonidan mazkur emailga alohida yuborilishi ham mumkin.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA