×

Yosh yetakchilar uchun “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” forumi: Turar joy, oziq-ovqat va shahar ichidagi transport xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

06.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2300 marta

2021-yilning 16-19-noyabr kunlari Omsk shahrida “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh yetakchilar forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumning maqsadi – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning tegishli davlat organlari va yoshlar o‘rtasidagi do‘stona hamda kasbiy aloqalarni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish.

Forum doirasida ishtirokchilar Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ijodiy sanoat sohasida hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashning hozirgi holati hamda istiqbollarini ko‘rib chiqadi, yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ilg‘or ko‘ngillilik tajribasini, shuningdek, ekologik muammolarni hal qilishda yoshlarning rolini muhokama qiladi.

Forum rus tilida olib boriladi.

Forum quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi:

  • Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va karyera intilishlarini qoʻllab-quvvatlash
  • Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
  • Rus oʻziga xosligini shakllantirish, rus millati birligi, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forum tashkilotchilari ishtirokchilarning turar joy, oziq-ovqat va Omsk shahridagi transport xarajatlarini qoplaydi.

Biroq ishtirokchilar Omskka borish va qaytish aviachiptalari xarajatlari ishtirokchilarning oʻzi yoki ularni yuboruvchi tashkilot / taraf tomonidan qoplanishi kerak.

Talablar:

Forumda qatnashish uchun ariza beruvchi nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-35 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Rus tilida muloqot qila olishi kerak.
  • Bir qancha yuqumli kasalliklarga qarshi emlanganlik, shuningdek, koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki tadbir boshlanguniga qadar 72 soat ichida COVID-19 ga qarshi PSR test topshirganlik (COVID-19 aniqlanmagan boʻlishi kerak) yoxud 6 oy ichinda COVID-19 ga chalinib, tuzalganlik hujjati topshirilishi kerak. Tibbiy hujjatlar talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda qatnashish uchun arizalar 2021-yil 6-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan tonggi 01:59 ga qadar qabul qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin forum haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!