×

Yoshlar ittifoqi stipendiyasiga tanlov e’lon qilindi


Grant

MUHLAT

15.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

4681 marta

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotan bakalavr hamda magistr bosiqichidagi talabalar uchun ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi «Yoshlar ittifoqi» stipendiyasi ta’sis etilganini ma’lum qildi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida 2- va undan yuqori kursda o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur stipendiya yilning o‘n oyi davomida to‘lab beriladigan to‘lov shaklida tashkil qilinib, uning miqdori EKIH ikki barobari etib belgilandi.

Talablar:

Stipendiya Nizomi bandlarida aytilishicha, «Yoshlar ittifoqi” stipendiyanti bo‘lish uchun faqat oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalar o‘z hujjatlarini taqdim etishlari shart.

Nomzodlarga hujjatlarni 2 kursdan boshlab topshirishga ruxsat etiladi. Shuningdek, nomzodlarning hujjatlari o‘tgan o‘quv yilida yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

«Yoshlar ittifoqi» stipendiyasiga tanlov uch bosqichda tashkil etiladi:

Birinchi bosqichda, nomzodlarni anketa va hujjatlari Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida har o‘quv yilining 30-oktyabriga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotning Yoshlar Kengashi ko‘rib chiqadi hamda munosib nomzodlarni o‘quv yilining 15 noyabriga qadar Ittifoqning tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etadi.

Nomzodlarning hujjatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, saralangan nomzodlar o‘quv yilining 1 dekabriga qadar Ittifoqning hududiy Kengashlariga taqdim etiladi.

Ikkinchi bosqich – saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda Ittifoqning hududiy Kengashi qoshida ishchi guruh tuzilib, hududdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan kelgan nomzodlarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi va ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan test imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan har bir oliy ta’lim muassasalaridan 5 nafargacha munosib nomzodlar saralab olinadi.

Nomzodlar Ittifoq tomonidan ta’sis etilgan loyihalarga taklifi hamda innovatsion g‘oyasini davlat tilida 250-350 so‘zdan iborat insho shaklida yozib taqdim etadi (bunda davlat tilini bilish darajasi inobatga olinadi).

Uchinchi bosqich – yakuniy bosqich bo‘lib, mazkur bosqichga yo‘llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Markaziy Kengashning yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lim mudirlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra munosib ko‘rilgan hamda baholash natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan nomzodlar «Yoshlar ittifoqi» stipendiyasi sohibi deb topiladi.

Manba: kun.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!