×

14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi


Grant

MUHLAT

20.05.2024

QOLGAN VAQT

18 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1809 marta

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan respublika miqyosida tanlov tashkil etilmoqda. Tanlov yoshlar hayoti va faoliyatiga doir mavzuda turli nominatsiyalar bo’yicha tashkil etiladi. Ya’ni yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati samaralari, kasb-hunari bilan tanilgan, qadr topgan yoshlar haqida yoxud bugungi kun yoshlari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yoritiladi.

Tanlov yoshlar hayoti va faoliyatini yoritishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

  • Eng yaxshi maqola
  • Eng yaxshi fotohikoya
  • Eng yaxshi video
  • Eng faol bloger

Grant kimlar uchun?

14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan O’zbekistondagi barcha yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m ajratilgan hamda u quyidagicha taqsimlanadi:

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- hamda rag‘batlantiruvchi o‘rin aniqlanadi.

  • Birinchi o‘rin uchun — noutbuk
  • Ikkinchi o‘rin uchun — smartfon
  • Rag‘batlantiruvchi o‘rin uchun — smart televizor.

Talablar:

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar o’z ijodiy ishlari bilan qatnashishlari mumkin. Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar hech qayerda chop etilmagan va eng ko‘pi uchtagacha bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ijdoiy ishlar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish tartibi quyidagicha:

  • “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi uchun maqolalar word formatda @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.
  • “Eng yaxshi fotohikoya” nominatsiyasi uchun ijodiy ishlar pdf formatda @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.
  • “Eng yaxshi video” nominatsiyasi uchun tayyorlangan video @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.
  • “Eng faol bloger” nominatsiyasi uchun esa yuritilayotgan blog havolasi hamda yoshlarga daxldor bo‘lgan blog post @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuboriladi.

Muhim sanalar:

  • 2024-yil 21-maydan — 15-iyungacha ijodiy ishlarni tanlov hay’ati o‘rganib chiqadi va eng sara ishlar aniqlanadi.
  • 2024-yil 15-iyundan ochiq ovoz berish tartibida 1- va 2-o‘rin sohiblarini aniqlash uchun eng sara ishlar e’lon qilinadi. Rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblarini tanlov hay’ati aniqlab beradi.
  • Taqdirlash 2024-yil 27-iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” arafasida o‘tkaziladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!