×

Yoshlar uchun xalqaro startap loyihalar dasturi: to’liq grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

14440 marta

Startup loyihalarga qiziqasizmi? O’z biznesingizni ochishni xohlaysiz, lekin qayerdan va qanday boshlashni bilmaysizmi? Sizda maxsus kurslarga qatnashish uchun mablag’ yo’qmi? Sizga kimdir barchasini tekinga o’rgatishini, jarayon esa chet elda, turli favqulodda aqlli odamlar davrasida o’tishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Unda Young Sustainable Impact Innovation Program bilan tanishing!

Bu xalqaro loyiha doirasida yoshlar startap loyihalarni ishlab chiqish va ularni qanday qilib haqiqiy biznesga aylantirish sirlarini, noldan boshlab tekinga o’rganadilar. Dastur qatnashchisiga aylanishga arzishingizni isbotlasangiz bas, sizni o’zingizdek tirishqoq va aqlli yoshlar bilan tanishtirib qo’yishadi va sizlarga bir necha oy onlayn tayyorgarlikdan so’ng Norvegiyaning Oslo shahriga tekin sayohat uyushtirib berishadi. Bu vaqt ichida siz oldindan tayyorlab qo’ygan loyihalaringizni yanada sayqallash va kuchli mutaxassislar yordamini olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Qisqasini aytganda, Oslodan qaytganda qo’lingizda tayyor loyiha va sizga yordam berishi mumkin bo’lgan foydali aloqalar bo’ladi.

Dasturning qisqacha mazmuni: YSI dasturi 5 oy davom etadi va uning to’rt yarim oyi onlayn tarzda, uch kishilik guruhlar bilan ishlash orqali o’tadi. Oxirgi ikki hafta esa Oslo shahrida bo’lib o’tadi. Bu vaqt mobaynida qatnashchilarga o’z loyihalarini boshlab olgach qanday qilib uning davomiyligini ta’minlash, yordam kerak payti qayerdan izlash va shu kabi muhim masalalarda bilimlar beriladi.

Dastur uchun qatnashchilardan sabr va vaqt talab etiladi. 2-apreldan 26-avgustga qadar qatnashchilar onlayn kurs uchun haftasiga 15-35 soat sarflashlari talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

18-26 yoshdagi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kursda qatnashish uchun saralab olingan nomzodlar uchun barchasi tekin bo’ladi. Oslo shahriga safar ham tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi: oziq-ovqat, turar joy va aviachiptalalar olib beriladi.

Grantning nomoddiy manfaatlari:

  1. Oslodagi tadbirkorlar bilan tanishuv.
  2. Guruhda ishlash, kreativlik, innovatsiya va yetakchilik tajribasini orttirish.
  3. Murabbiylar, investorlar va 26 yoshdan kichik qobiliyatlar bilan aloqalar o’rnatish.
  4. Barqaror rivojlanish maqsadlari (sustainable development goals)ga xizmat qiladiganstartap yaratish uchun ajoyib imkoniyat.
  5. Tadbirkorlikni o’rganish.

Talablar:

Dasturda butun dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ular quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzodning yoshi 18 dan katta va 26 dan kichik bo’lishi kerak.
  2. Nomzod dunyoviy muammolarni yechishga qiziquvchi va bunga tayyor bo’lishi kerak.
  3. Nomzod startap loyiha ishlab chiqish va uni amalga tadbiq qilishga tayyor bo’lishi kerak.
  4. Nomzod “men dunyoni o’zgartira olaman, va shunday qilaman ham!” kabi fikrlay oladigan va boshqacha fikrlashi bilan ajralib tura olishi kerak.
  5. Nomzod noaniq vaziyatlarda ozini yo’qotmaydigan, irodali, qat’iyatli, tez qaror qabul qila oladigan, kirishimli, ochiq fikrli shaxs bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish har yili yanvar va fevral oylarida bo’lib o’tadi. 2018-yilgi dastur uchun hujjatlar 5-fevralgacha qabul qilingan. 2019-yil uchun qabul ham qish oylarida bo’lib o’tadi. 2019-yilgi dastur uchun batafsil ma’lumot olish uchun contact@ysiglobal.com elektron manziliga savollaringizni yo’llab, ma’lumotlarni oldindan olishingiz mumkin.

O’tgan yili tayyorlanib, hozirda rivojlanish bosqichidagi eng yaxshi loyihalar: www.xylawater.com, www.heatgrade.com, www.decdis.com, www.aquasolisglobal.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!