×

#YouAreWelcomeHere Scholarship – AQShda bakalavriat bosqichi uchun 50 foizlik grant!


Grant

MUHLAT

01.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1970 marta

AQSHning National Louis University – NLU oliygohi 2021- yilning kuzida oʻqishni boshlaydigan bakalavr bosqichi talabalariga #YouAreWelcomeHere Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Dastur yetakchilik qobiliyatiga ega, a’lochi xorijlik talabalar uchun moʻljallangan. Dasturdan maqsad madaniyatlararo birdamlikni (intercultural learning) kuchaytirish, dastur gʻoliblari orqali turli madaniyat vakillari oʻrtasida koʻprik oʻrnatishdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu mukofotga sazovor boʻlgan 2 nafar talabaga toʻliq oʻqish davri davomida oʻqish toʻlovining 50 foizi toʻlab beriladi. Mazkur grant har yili yangilanadigan grant boʻlib, keyingi yil ham davom etishi uchun talabaning oʻqishi qoniqarli darajada boʻlishi lozim.

Oliygohning bakalavr kurslari uchun kontrakt toʻlovi haqida shu yerda bilib oling.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak
  2. Nomzod National Louis University`ning 2021- yilning kuzida boshlanadigan bakalavr kursiga (full time) hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori maktabni AQShdan tashqarida bitirgan boʻlishi kerak
  4. Nomzod yetakchilik va madaniyatlararo birdamlik (intercultural learning) masalalariga qiziqish bildirishi kerak
  5. Har bir nomzod bir oʻquv yilida NLU`ning faqat bitta grantini olishi mumkin
  6. Grant faqat oʻqish toʻlovini toʻlash uchun ishlatilishi mumkin
  7. Nomzod univeritetda kunduzgi tartibda (full-time, 14+ credits/term) oʻqishi kerak
  8. Nomzodning GPA koʻrsatkichi kamida 2.0/4.0 boʻlishi kerak
  9. Nomzod universitetning barcha qoidalariga rioya qilishi kerak
  10. Stipendiyani olish uchun nomzod 2021-yil 7-iyulgacha oʻqish uchun depozit toʻlovini amalga oshirishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetga hujjat topshirish uchun nomzod www.nl.edu/applyonline manzili orqali onlayn arizani toʻldirishi va talab etilgan hujjatlarni taqdim etishi kerak. Arizalar onlayn toʻldirilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil maʼlumot shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi
  3. Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi)
  4. Til sertifilatlari (IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72). Batafsil: shu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant uchun hujjat topshirish:

  1. Grant uchun arizasi toʻldiriladi va Tell us about your leadership skills in your school or community, and how you plan to continue applying your leadership skills at National Louis University” mavzusidagi 500-1000 soʻzdan iborat esse yoki 2-5 daqiqalik video yuklanadi. Arizani quyidagicha yuklab olasiz: 1) saytga kiring; 2) The #YouAreWelcomeHere Scholarship at National Louis University boʻlimini oching; 3) Application Process boʻlimida #YouAreWelcomeHere arizasini yuklab oling.
  2. Toʻldirilgan one-page #YouAreWelcomeHere application arizasi YAWH@nl.edu manziliga e-mail orqali joʻnatiladi (katta hajmdagi videolarning havolasini yuborish mumkin).
  3. Gʻolib ishtirokchilar stipendiyani olish uchun 2021-yil 7-iyulgacha oʻqish uchun depozit toʻlovini amalga oshirishlari kerak.

Grantga ariza berish muddati 2021-yil 1-iyul. Natijalar 2021-yil 2-iyulda eʻlon qilinadi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: (888) 658-8632

E-mail: admissions@nl.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!