×

Young Health Programme Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant; joy – 12 ta!


Grant

MUHLAT

14.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4048 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakarlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 22-25-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Young Health Programme (YHP) dasturi yuqumli boʻlmagan kasalliklar muammosi bilan kurashishda ijobiy taʼsir koʻrsata oladigan 12 nafar yoshlarga One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grant taklif etmoqda. Hozirga qadar YHP dasturi 100 dan ortiq yetakchilarga ushbu sammitga qatnashish imkoniyatini yaratgan.

YHP – bu dunyo boʻylab zaif va resurslar taqchil boʻlgan sharoitda yashaydigan 10-24 yoshli yoshlarga eʼtibor qaratuvchi dasturdir. YHP yuqumli boʻlmagan kasalliklar – saraton, diabet, yurak va nafas yoʻllari kasalliklari hamda ruhiy xastaliklarga olib keluvchi tamaki isteʼmoli, alkogol mahsulotlarining zararli isteʼmoli, jismoniy nofaollik, nosogʻlom ovqatlanish va havo ifloslanishi kabi asosiy xavf omillariga diqqat qaratadi.

Maʼlumot uchun: Avvalgi sammitlarda YHP dasturi grantini qoʻlga kiritganlar – ijtimoiy tadbirkorlar, oʻqituvchilar, faollar, volontyorlar, tibbiyot xodimlari, boshqaruvchilar, investorlar, mentorlar hamda ruhiy salomalik, birlamchi tibbiy yordam, jinsiy va reproduktiv salomatlik, favqulodda holatlarda yordam, birlamchi va ikkilamchi profiaktika, taʼlim va raqamli platformalar kabi sohalarda faoliyat yurituvchi shaxslardir.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo;ladi:

  • 2022-yil, 22-25-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammtida ishtirok etish.
  • Sammitdan oldingi va keyingi YHP dasturida ishtirok etish.
  • 21-26-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi (ekonom klass).
  • Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
  • Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagicha:

  • 18-30 yosh boʻlish.
  • Barcha davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshira oladi.
  • Nomzodlar yuqumli boʻlmagan kasalliklar muammosiga qarshi kurashishda ijobiy taʼsir koʻrsatganini / koʻrsatishini namoyish qila olishi lozim.

One Young World qabul komissiyasi arizalarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • Mahalliy, milliy va xalqaro hamjamiyatda salomatlik va farovonlik masalalari bilan ishlashdagi masʼuliyat/aniq bajarilgan ishlar; bunda asosiy urgʻu bolalar va oʻsmirlar va/yoki kasalliklar profilaktikasi va/yoki salomatlik dasturlari determinantlariga qaratilgan boʻlishi kerak.
  • Oʻzlari tanlagan sabab yoki muammoni asoslash va manfaatdor tomonlarni qiziqtira olishda yetakchilik qobiliyati.
  • Innovtsiya va muammolarni hal qilish salohiyati.
  • Mahalliy va xalqaro masalalarga befarq emaslik.
  • Jamoada yoki hamkorlikda umumiy maqsad sari ishlash tajribasi.

One Young World tomonidan qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar YHP tomonidan baholanadi va 12 nafar nomzod saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2021-yilning 14-oktabrigacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qiliinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!