MCW Yosh yetakchilar stipendiya dasturi ( MCW Young Leaders Fellowship Program) – taʼlim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi jamoat loyihalarida ishtirok etishni xohlovchi 18-26 yoshli nomzodlar uchun moʻljallangan yetakchilik dasturidir.
Dastur umumiy hisobda 1 yil davom etadi va yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish, global fuqarolik, oʻz-oʻzini anglash va maqsadni rejalashtirish orqali ishtirokchilarni oʻz hamjamiyatlarida ijobiy oʻzgarish qiladigan yetakchi boʻlishga tayyorlaydi.
Dasturning katta qismi onlayn mashgʻulotlardan iborat. Ishtirokchilar 2026-yil 21-30-iyul kunlari Nyu-York va Vermontda oʻtkaziladigan 10 kunlik malaka oshirish dasturida ham qatnashadi (qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi).
Dastur davomida mentorlar va ishtirokchilar innovatsion gʻoyalar va aniq loyihalar orqali jamiyatda ijobiy oʻzgarish qilish ustida birgalikda ishlaydi.
Grant kimlar uchun?
18-26 yoshli nomzodlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar Nyu-Yorkdagi 10 kunlik malaka oshirish kursi uchun quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi. Agar talaba AQSHning oʻzida boʻlsa, AQSH ichidagi parvoz xarajatlari qoplanadi.
- 2026-yil 20-iyul oqshomidan 30-iyulgacha bepul turar joy taʼminlanadi.
- 2026-yil 21-30-iyul kunlari kuniga 3 mahal bepul ovqat taʼminalanadi.
- Nyu-Yorkdan Vermontga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Aeroportdan dastur manziliga yetib olish uchun jamoat transporti xarajatlari qoplanadi.
Dasturga qabul qilinib, taklif xatini qabul qilganlar 2026-yil 5-martgacha 100 AQSH dollari miqdorida depozit oʻtkazishi kerak. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga 2026-yil iyulda bu summa qaytarib beriladi. Agar qabul qilingan ishtirokchi dasturda qatnashishni keyinchalik rad qilsa yoki qatnashmasa, bu summa qaytarilmaydi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻz jamiyatiga sodiqlikni namoyish qilish.
- Oʻz jamiyatida taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohalaridagi biror muammoni aniqlash.
- 2026-yil 1-iyun holatiga koʻra, 18 yoshdan kichik va 26 yoshdan katta boʻlmaslik.
- Ingliz tilini yaxshi bilish (yozma va ogʻzaki).
- 2026-yil iyunda onlayn tarzda oʻtkaziladigan Jamiyat ehtiyojlarini baholash mashgʻulotini bajarish, iyuldagi 10 kunlik oflayn dasturda qatnashish va yilning keyingi qismini oʻz loyihasini oʻzining jamiyatida amalga oshirish ustida ishlash masʼuliyatini olish lozim.
- Yil davomida dastur mentorlari va vakillari bilan aloqada boʻlish uchun email va internetga ega boʻlish hamda ulardan foydalana olish.
- Dasturning bitiruv yoʻriqnomasiga amal qilish (qabul qilinganlarga taqim etiladi bu qoʻllanma).
- Xorijga chiqish pasporti va viza olish talablariga javob berish.
- Nomzodlar 2025-yil 3-dekabrgacha dasturga ariza topshirish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Qabul 2 raundda amalga oshiriladi:
- 1-raund: arizalar 2025-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi. 22-dekabrda birinchi raund natijalari eʼlon qilinadi.
- 2-raund: 2025-yil 22-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha davom etadi.
2026-yil 3-12-fevral kunlari dasturning avvalgi bitiruvchilari intervyu oladi.
Shundan soʻng dasturga qabul qilinganlar aniq boʻladi va 2026-yil 26-fevralda qabul xatlari yuboriladi.
Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun avval tizimdan roʻyxatdan oʻtish va hisob (account) yaratish lozim.
Ariza va hujjatlar toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi/tayyoranishi kerak.
Ariza quyidagi qismlardan iborat:
- Umumiy maʼlumot.
- Insho. Bunda nomzodlar berilgan savollarga javob tarzida insho yozishi kerak. Savollar bilan BU YERDA batafsil tanishing (“Ace Your Application” boʻlimi).
- CV (1 betdan oshmasligi kerak).
- 2 ta tavsiyanoma.
- Javobgarlikdan ozod qilish bayonnomasi (ariza yakunida nomzodlar shartlar va qoidalarni oʻqib chiqishi va ularni qabul qilishi kerak).
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI aloqa shakli orqali murojaat qilishingiz mumkin.




