Yosh yetakchilar stipendiya dasturi (Young Leaders Fellowship Program) – taʼlim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi jamoat loyihalarida ishtirok etishni xohlovchi butun dunyodan boʻlgan 18-26 yosh orasidagi yoshlar uchun moʻljallangan yetakchilik dasturidir.
Dastur umumiy hisobda 1 yil davom etadi va yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish, global fuqarolik, oʻz-oʻzini anglash va maqsadni rejalashtirish orqali ishtirokchilarni oʻz hamjamiyatlarida ijobiy oʻzgarish qiladigan yetakchi boʻlishga tayyorlaydi.
Dasturning katta qismi onlayn mashgʻulotlardan iborat. Ishtirokchilar 2024-yil 9-18-iyul kunlari Nyu-York va Vermontda oʻtkaziladigan 10 kunlik malaka oshirish dasturida ham qatnashadi (qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi).
Dastur davomida mentorlar va ishtirokchilar innovatsion gʻoyalar va aniq loyihalar orqali jamiyatda ijobiy oʻzgarish qilish ustida birgalikda ishlaydi.
Grant kimlar uchun?
18-26 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar Nyu-Yorkdagi 10 kunlik malaka oshirish kursi uchun quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi. Agar talaba AQSHning oʻzida boʻlsa, AQSH ichidagi parvoz xarajatlari qoplanadi.
- 2024-yil 8-iyul oqshomidan 18-iyul tongigacha bepul turar joy taʼminlanadi.
- 2024-yil 9-18-iyul kunlari kuniga 3 mahal bepul ovqat taʼminalanadi.
- Nyu-Yorkdan Vermontga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Aeroportdan dastur manziliga yetib olish uchun jamoat transporti xarajatlari qoplanadi.
Dasturga qabul qilinib, taklif xatini qabul qilganlar 2024-yil 9-fevralgacha 100 AQSH dollari miqdorida depozit oʻtkazishi kerak. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga 2024-yil 18-iyul kuni bu summa qaytarib beriladi. Agar qabul qilingan ishtirokchi dasturda qatnashishni keyinchalik rad qilsa yoki qatnashmasa, bu summa qaytarilmaydi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻz jamiyatiga sodiqlikni namoyish qilish.
- Oʻz jamiyatida taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohalaridagi biror muammoni aniqlash.
- 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, 18 yoshdan kichik va 26 yoshdan katta boʻlmaslik;.
- Ingliz tilini yaxshi bilish (yozma va ogʻzaki).
- 2024-yil iyunda onlayn tarzda oʻtkaziladigan Jamiyat ehtiyojlarini baholash mashgʻulotini bajarish, iyuldagi 10 kunlik oflayn dasturda qatnashish va yilning keyingi qismini oʻz loyihasini oʻzining jamiyatida amalga oshirish ustida ishlash masʼuliyatini olish lozim.
- Yil davomida dastur mentorlari va vakillari bilan aloqada boʻlish uchun email va internetga ega boʻlish hamda ulardan foydalana olish.
- Dasturning bitiruv yoʻriqnomasiga amal qilish (qabul qilinganlarga taqim etiladi bu qoʻllanma).
- Xorijga chiqish pasporti va viza olish talablariga javob berish.
- Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 13-noyabr 08:59 gacha dasturga ariza topshirish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Qabul 2 raundda amalga oshiriladi:
- 1-raund: arizalar 2023-yil 13-noyabr 08:59 gacha (Oʻzbekiston vaqti bilan). 4-dekabrda birinchi raund natijalari eʼlon qilinadi.
- 2-raund: 2023-yil 4-dekabrdan 15-dekabrgacha davom etadi.
2024-yil 10-19-yanvar kunlari dasturning avvalgi bitiruvchilari intervyu oladi.
Shundan soʻng dasturga qabul qilinganlar aniq boʻladi va 2024-yil 2-fevralda qabul xatlari yuboriladi.
Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun avval tizimdan roʻyxatdan oʻtish va hisob (account) yaratish lozim.
Ariza va hujjatlar toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi/tayyoranishi kerak.
Ariza quyidagi qismlardan iborat:
- Umumiy maʼlumot.
- Insho. Bunda nomzodlar quyidagi savollarga javob tarzida insho yozishi kerak:
– Identify an issue in your community that concerns you. How would you address this issue?
– Describe one time you have faced a challenge and used a leadership skill to come up with a solution. - Rezyume (1 betdan oshmasligi, Times New Roman 12 shriftida boʻlishi kerak).
- 2 ta tavsiyanoma.
- Shartlar va qoidalar (buni ishtirokchi oʻqib chiqishi va ularni qabul qilishi kerak).
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI aloqa shakli orqali murojaat qilishingiz mumkin.