×

YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!


Grant

MUHLAT

08.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

7844 marta

American Councils Oʻzbekistonlik talabalar uchun “Young Professional Internships Program” amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Ushbu dasturga biznes va STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan oʻzbekistonlik bakalavriat talabalari saralab olinadi.

Ishtirokchilar amaliyot davomida xalqaro biznes amaliyotlari haqida chuqurroq tushuncha va amaliy  tajribaga ega boʻladi. Dasturning samarasini maksimallashtirish maqsadida ishtirokchilarga biznes-mentorlar va xodimlar biriktiriladi.

Amaliyot davomida qatnashchilar kasbiy rivojlanish tadbirlarida ishtirok etadi, sanoatdagi yetakchilar bilan oʻzaro munosabatda boʻladi va oʻz tengdoshlari bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

Amaliyot 2024-yilning yozida boʻlib oʻtadi va 3 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Oʻzbekistondagi OTMda bakalavriatning 3-4-kursida oʻqiyotgan yoki bakalavriatni 2023-yil mayda yakunlaydigan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot ishtirokchilar quyidagi imtiyoz va imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Yashash va yoʻl xarajatlariga yordam sifatida muayyan miqdorda stipendiya beriladi.
  • AQSHlik mentor ishtirokchilarga dastur davomida onlayn seanslar oʻtib beradi, bunda karyera maqsadlari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
  • Amaliyot tajribasiga ega boʻlish va Oʻzbekiston boʻylab yangi tanishlar orttirish imkoniyati.
  • Dasturni toʻliq yakunlagan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Biznes va STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan boʻlish lozim.
  • Hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasida bakalavriatning 3 yoki 4-bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi kerak. Agar bakalavriat 4 yillik emas, 3, 5 yoki 6 yillik boʻlsa, 2024-yil may oyida bakalavriatni tamomlaydigan talabalar ham ariza bera oladi.
  • Hozirda Oʻzbekistonda yashayotgan boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 8-dekabr gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA onlayn shaklda toʻldirish mumkin. Ariza topshirishdan oldin AIS tizimida roʻyxatdan oʻtib, hisob (Account) yaratish kerak. Agar avval AIS tizimida hisob ochgan boʻlsangiz, oʻsha eski hisob orqali ariza topshira olasiz.

Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi va kerakli hujjatlar taqdim etilishi lozim.

Grantlar.uz jamoasi mazkur dasturning gʻolibi bilan suhbat qilgan. Suhbatni BU YERDA oʻqing.

Ushbu dastur boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Email: zrakhimova@americancouncils.org

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!