×

Young Professionals Program (WBG YPP) – Jahon Bankining 2 yillik yosh mutaxassislar tayyorlash dasturi: haq to’lanadigan amaliyot, 5 yillik ish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

20.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5517 marta

World Bank Group – WBG yosh mutahassislar uchun Young Professionals Program (WBG YPP) dasturini taklif etmoqda. YPP – WGBning yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan 2 yillik dasturi boʻlib, dastur davomida nomzodlar World BankInternational Finance Corporation (IFC) yoki Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) tashkilotlarida ishlash koʻnikma va malakasiga ega bo’ladilar. Ishtirokchilar dasturni Vashingtonda boshlaydilar va nazariy-amaliy mashg’ulotlarda qatnashadilar. Shuningdek, muassasalar boʻylab etakchilik va rivojlanish operatsiyalari asoslarini oʻrganadilar. Dasturni yakunlagan mutaxassislar WGning WB, IFCMIGA tashkilotlaridan birida 5 yil davomida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Dasturga butun dunyo boʻylab WB, IFC, MIGA yoʻnalishlariga bogʻliq turli akademik va professional tajribaga ega yoshlar ariza berishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yosh mutaxassilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

WGB dastur ishtirokchilariga toʻliq stavkali, haq toʻlanadigan ish oʻrinlari va bir qator imtiyozlar taklif etadi. Imtiyozlarga tibbiy, hayot va baxtsiz hodisalardan sugʻurtalanish, safar va koʻchib oʻtishda taklif etiladigan yengilliklar kabilar kiradi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar
  2. Nomzod 1-oktyabr, 1989-yildan soʻng tugʻilgan boʻlishi kerak
  3. Nomzod Business Administration, Economics, Finance, International Relations, Science and Engineering kabi WGB yoʻnalishiga mos sohalardan biri boʻyicha magistr yoki fan doktori darajasiga ega boʻlishi kerak. Batafsil: shu yerda.
  4. WB dasturiga ariza berish uchun nomzod talab etilgan soha boʻyicha 3 yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi yoki doktoranturada oʻqigan boʻlishi kerak
  5. IFC va MIGA dasturlariga ariza berish uchun nomzod finance, political risk insurance and credit enhancement, project/program development, economic development and/or consulting yoki shunga yaqin yoʻnalishlarda kamida 4 yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak
  6. Nomzod ingliz tilida ravon soʻzlashishi kerak
  7. Nomzod shuningdek, xalqaro rivojlanish yoʻnalishiga qiziqish bildirishi kerak
  8. Yuqori akademik salohiyatga ega boʻlishi kerak
  9. Mijozlar bilan ishlash, muomala va yetakchilik qobiliyatlariga ega boʻlishi kerak
  10. Nomzodning rivojlanayotgan bozor yoki rivojlanayotgan mamlakatlardagi mehnat tajribasi hamda Jahon Bankining rasmiy tili hisoblangan arab, xitoy, fransuz, portugal, rus yoki ispan tillarini mukammal bilishi maqsadga muvofiq.
  11. WBGga a’zo davlatlar yoki Jahon banki ish olib boradigan mamlakat fuqarolariga ustunlik beriladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar qabul qilish 2021-yil 15-iyundan 15-iyulgacha barcha yoʻnalishlar uchun va 16-avgustdan 20-sentyabrgacha faqat IFC va MIGAdagi amaliyot oʻrinlari uchun ochiq boʻladi. Arizasida nomzod oʻz kandidaturasi eng mos keladigan tashkilotlarda birini (World Bank, IFC yoki MIGA) tanlashi kerak. Bir vaqtning oʻzida birdan ortiq tashkilotga ariza berish imkoniyati mavjud emas.

Ariza topshirish jarayoni 90 daqiqa ichida amalga oshirilishi zarur (arizani saqlab qoʻyish va keyin kirib davom ettirish imkoniyati mavjud emas). Shu sababli nomzodlarga oldindan dastur talablari bilan batafsil tanishib chiqish va kerakli hujjatlarni tayyorlab olish tavsiya qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/rezyume.
  • Diplomlar.
  • Esse..
  • Nomzod tezisi yoki dessertatsiyasining qisqacha mazmuni (faqat WB nomzodlari uchun).
  • 3 ta akademik yoki ish joyidan tavsiyanoma.

Saralashdan oʻtgan nomzodlar noyabr-dekabr oylarida suhbatga taklif tiladilar. Nomzodlardan shuningdek, individual va guruh mashqlarida qatnashish, onlayn testlarni ishlash soʻralishi mumkin. Natijalar dekabr-fevral oylarida eʼlon qilinadi.

Nomzodlar tajribasi, texnik bilimlari, mijozlar bilan ishlash, etakchilik va muloqot qobiliyatlari asosida saralanadilar.

Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari shu yerda berilgan. Batafsil maʻlumotni tashkilotning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!