×

“Young Turcologists” Summer School: Bishkekda yosh turkologlar uchun 6 kunlik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

25.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2659 marta

“Yosh turkologlar” yozgi maktabi Turk dunyosi tarixi, arxeologiyasi, tili va adabiyotiga bagʻishlangan boʻlib, Turkiy Akademiya tomonidan Qirgʻiziston-Turk Manas universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Dastur 2023-yilning 18-26-iyun kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktab turkologiya sohasidagi yosh olimlarni birlashtirib, oʻzaro loyihalari va tadqiqotlari bilan tanishish, yangi maʼlumotlar olishi, kasbiy maqsadlarda aloqalar oʻrnatish imkonini beradi. Yozgi maktabda turkiy davlatlar hamkorligi va turkiy dunyo integratsiyasi masalalari bilan shugʻullanuvchi yosh olimlar ham qatnashishlari mumkin boʻladi.

Turkologlar yozgi maktabining ikki asosiy maqsadi mavjud. Birinchisi, turkiy davlatlardan yosh olimlarni bir joyga toʻplash, ularning Turk dunyosi tarixi, arxeologiyasi, tili va adabiyoti boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish. Ikkinchisi, ishtirokchilarning ilmiy nashrlar, taqdimotlar qilish va tadqiqot fondlaridan foydalanish kabi oʻzaro bogʻliq sohalarda koʻnikmalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishdir. Shu nuqtai nazardan, ishtirokchilar Ishchi guruhlarga boʻlinadi va ular Yozgi maktab mavzusi boʻyicha oʻz maʼruzalarini tayyorlash va xulosalarini tajribali olimlar bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Yozgi maktab doirasida quyidagi mavzular boʻyicha kurslar oʻtkaziladi:

  • Turk dunyosi konseptsiyasi
  • Turkiy davlatlar tarixi
  • Turk dunyosi arxeologiyasi
  • Turk dunyosi sanʼati va intellektual tarixi
  • Qadimgi turkiy tillar va hozirgi turkiy tillarning umumiy xususiyatlari
  • Turk dunyosi mifologiyasi
  • Turk dunyosi dostonlari va afsonalari

Dastur 6 kun davom etadi va toʻliq turk tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Kamida magistrlik darajasiga ega, turk tilini biluvchi nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi. Jumladan:

  • Xalqaro safar xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy, mahalliy transport va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

ESLATMA: saralab olingan nomzodlarga bepul aviachiptalar yuboriladi. Biroq ishtirokchi Yozgi maktabga bormasa, ulardan chipta narxi qaytarish talab qilinadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Bosniya-Gersegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Shimoliy Makedoniya, Vengriya, Moʻgʻuliston, Turkiya, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turkmaniston, Boshqirdiston (RF) va Tataristonda (RF) istiqomat qiluvchi 35 yoshdan katta boʻlmagan yosh olimlar qatnashishi mumkin.
  • Nomzod kamida magistrlik darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Yozgi maktabga turkologiya, turkiy tarix, turkiy adabiyot, antropologiya, madaniyatshunoslik va arxeologiya sohalarida ishlayotgan va tadqiqot olib borayotgan yoshlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar 2023-yil 25-maygacha kerakli hujjatlarni officetwesco@gmail.com elektron manzilga yuborishlari lozim. Kerakli hujjatlar:

  • Toʻliq toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
  • Ariza beruvchining pasport nusxasi (faqat fotosurat sahifasi).
  • Eng oxirgi tamomlagan universitetning diplomi/sertifikati nusxasi.
  • 250-300 soʻzli motivatsiya xati. Bunda ushbu dasturda nima uchun ishtirok etishni xohlayotgani, magistrlik va / yoki doktorlik dissertatsiya mavzusi va yozgi maktab bilan qanday bogʻliqligi hamda magistratura va/yoki doktoranturadan keyin qanday rejalar qilgani haqida maʼlumot berilishi kerak.
  • Tavsiyanoma.
  • Dastur toʻliq turk tilida olib borilgani ishtirokchilar turk tilini bilishlari shart. Shu sabab turk tilida soʻzlashmaydigan davlat nomzodlaridan  turk tilini bilishni isbotlovchi hujjat talab etiladi.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing. Dasturning turk tilidagi eʼloni bilan BU YERDA tanishing.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha murojaatlar uchun:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!