×

Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!


Grant

MUHLAT

20.07.2025

QOLGAN VAQT

46 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5271 marta

UNESCO tashkiloti 14-25 yoshlilar uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” 7-xalqaro suratlar tanloviga ishlar qabul qilmoqda.

Tanlovning bu yilgi mavzusi: Women, Guardians of Silk Roads Heritage (Ayollar – Ipak yoʻli merosi saqlovchilari).

Ipak yoʻlining umumiy merosini himoya qilish va yetkazishda ayollar muhim rol o‘ynagan va o‘ynamoqda. Biroq, ular qoʻshgan katta hissalariga qaramay, ularning taʼsiri hali ham yetarlicha eʼtirof etilmagan va hujjatlashtirilmagan.

Bu yil 7-marta o‘tkazilayotgan tanlovga 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar “Ayollar – meros posbonlari” mavzusida Ipak yoʻlining umumiy merosini eng yaxshi aks ettiruvchi rasmlarini taqdim etishi mumkin. Tanlov ayollarning tarixiy va zamonaviy rolini yoritib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, bilimlarni uzatish va yanada inklyuziv jamiyatlar qurishda ularning doimiy ta’siri haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

Jumladan, quyidagilar aks etgan rasmlarni yuborish mumkin (lekin faqat shular bilan cheklanmaydi):

  • Toʻquvchilik, kashtachilik, keramika mahsulotlarini yasash yoki kulolchilik yoki boshqa madaniy meros namunalari kabi hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan ayollar.
  • Ayollar tomonidan oʻynaladigan yoki uzatiladigan anʼanaviy sport va oʻyinlar.
  • Ayollar tomonidan ijro etilgan musiqa, musiqa asboblari, raqs yoki ogʻzaki hikoya.
  • Ayollar tomonidan uzatiladigan oshxona anʼanalari, gastronomiya va oziq-ovqat ishlab chiqarish.
  • O‘qituvchi, rassom, savdogar yoki olimlar sifatida Ipak yoʻlidagi dinamik madaniy va intellektual almashinuvga hissa qoʻshgan ayollar.
  • Turli jamiyatlarda bayramlar, muhim hayotiy voqealar yoki kundalik lahzalarda ayollar boshchiligidagi jamiyatlararo va koʻp madaniyatli yigʻinlar.
  • Ayollarning madaniy oʻziga xosligi, bardosgi va bilimi, shuningdek, quvonch, bayram, oʻqish va kundalik hayot lahzalarini aks ettiruvchi ayollar portretlari.

Bu yilgi tanlov mavzusi va qanday mavzudagi rasmlar qabul qilinshi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Tanlovga quyidagi 2 toifa boʻyicha qatnashish mumkin:

  1. 14-17 yoshlilar.
  2. 18-25 yoshlilar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Grant kimlar uchun?

14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov doirasida har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) saralab olinadi va ular quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: bitta 18-55 mm linzali obyektivga professional raqamli refleks fotoapparat.
  • 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
  • 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Talablar:

Dasturda qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari bu tanlovda qatnasha oladi.
  • Tanlovda 14-25 yoshlilar qatnasha oladi.
  • 14-17 yoshlilar toifasi boʻyicha qatnashayotganlar vasiydan (ota, ona, qonuniy vasiy va h.k.) ruxsatnoma taqdim etishi lozim. Ushbu ruxsatnoma namunasini BU YERDAN topasiz.
  • Koʻpi bilan 20 tagacha surat topshirish mumkin.
  • Suratlar JPEG yoki JPG formatida boʻlishi kerak.
  • Har bir surat yoki suratlar seriyasi uchun izoh ham boʻlishi kerak (ingliz tilida).
  • Gorizontal suratlarning eni kamida 1500 piksel, vertikal suratlarning balandligi kamida 1500 piksel boʻlishi lozim.
  • Suratlarda tanlov mavzusiga oid lavhalar ochib berilishi kerak.
  • UNESCO va China World Peace Foundation tashkilotlari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, farzandlari, aka, uka, opa yoki singillari, turmush oʻrtoqlari) bu tanlovda qatnasha olmaydi.
  • AI (sunʼiy intellekt) tomonidan yaratilgan suratlarni topshirish taqiqlanadi.

Tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtib, hisob (account) yaratish lozim.

Ariza shakli ingliz tilida toʻldiriladi.

Tanlovning oʻtgan yilgi gʻoliblari suratlarini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov shartlari va koʻp beriladigan savollarni toʻliq oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!