Youth for Biosecurity Fellowship dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi Qurolsizlanish masalalari boʻyicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, yoshlarga ilmiy diplomatiya va global bioxavfsizlik boʻyicha turli imkoniyatlar yaratib beruvchi dastur hisoblanadi.
Dastur davomida ishtirokchilar yetakchilik mahoratini oshirish, bioxavfsizlik va qurolsizlanish boʻyicha tajriba orttirish, tajribali ekspertlar, yosh olimlar va BWC amaliyotchilari bilan munozaralarda qatnashish, xalqaro yoshlar tarmogʻiga qoʻshiling imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur 3 oy davom etadi:
- 2024-yil 5-iyundan 5-iyulgacha haftasiga taxminan bir sessiya (ikki-uch soat) bioxavfsizlik diplomatiyasi boʻyicha onlayn seminar.
- 2024-yil iyul oyida tayyorlanadigan hamkorlik loyihasi. Ushbu loyiha 2024-yil avgust oyida BWC Konvensiyani mustahkamlash boʻyicha ishchi guruhida taqdim etiladi.
- 2024-yil iyul/avgust oylarida Konvensiyani mustahkamlash boʻyicha ishchi guruhining onlayn brifingi.
- 2024 yil 19-avgustdan 23 avgustgacha BWC Konvensiyani mustahkamlash boʻyicha ishchi guruhining Jenevaga besh kunlik tashrifi
Grant kimlar uchun?
Hayot haqidagi fanlar (Life Sceince) yoki ularga aloqador fanlar boʻyicha magistrlik yoki PhD/doktorlik darajasiga ega 35 yoshdan oshmagan nomzodlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim qiladi:
- Konvensiyani mustahkamlash boʻyicha ishchi guruh tarkibida Jenevaga toʻliq moliyalashtirilgan 5 kunlik sayohat qilish.
- Bir oylik ishchi guruhining onlayn seminarida bepul ishtirok etish.
- Qurolsizlanish, bioxavfsizlik va sogʻliq xavfsizligi boʻyicha yetakchi mutaxassislar bilan kichik guruhlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
- Yosh olimlar, diplomatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va yoshlar tomonidan boshqariladigan boshqa xalqaro tarmoqlar bilan uchrashish va aloqa oʻrnatish.
- Bioxavfsizlik boʻyicha oʻsib borayotgan tarmoqning bir qismi boʻlish.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod 35 yoshdan kichik boʻlishi hamda eng kam rivojlangan davlat, past yoki past/yuqori oʻrta daromadli davlat roʻyxatiga kiritilgan BWC ishtirokchi-davlati fuqarolari boʻlishi kerak. Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda bor.
- Universitet yoki institutda hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) yoki ularga aloqador fanlar boʻyicha magistrlik yoki PhD/doktorlik darajasiga ega boʻlish kerak. Ijtimoiy fanlar kabi boshqa sohalarda maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar bioxavfsizlik, sogʻliqni saqlash xavfsizligi va/yoki qurolsizlanish masalalariga qiziqishga ega boʻlsa, arizalari koʻrib chiqilishi mumkin.
- Dastur toʻliq ingliz tilida boʻlganligi sababli ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.
- Ayol nomzodlar ariza topshirishlari qoʻllab-quvvatlanadi. Tanlov jarayonida gender va mintaqaviy muvozanatni saqlagan holda eng sara ishtirokchilar tanlab olinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar BU YERDA ariza shaklini toʻldirishlari kerak. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024- yil 6-aprel tonggi 2:59 ga qadar qabul qilinadi.
Ariza topshirish davomida kerakli hujjatlar:
- CV (1-3 sahifa).
- Tavsiyanoma.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi
Muhim: nomzodga tavsiya xatini olish uchun koʻproq vaqt kerak boʻlsa, ariza shakliga tavsiyanoma yuklamasdan keyinroq email orqali mavzu qismiga “Y4B Fellowship” va ismingizni koʻrsatgan holda remi.bacouillard@un.org manziliga yuborishlari mumkin.
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon hamda ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.
Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bilan BU YERDA (sahifa soʻnggida) tanishing.