×

Youth Green Camp: Qirgʻizistonda 2 kunlik bepul kuzgi oromgoh!


Grant

MUHLAT

24.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2564 marta

Youth Green Camp – Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhitga oid va ekologik muammolardan xabardorlikni oshirishga qaratilgan seminarlardan iborat 2 kunlik oromgohdir. Oromgohda Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej litsey oʻquvchilari va talabalar Markaziy Osiyo hamda Afgʻonistondagi yetakchi ekspertlardan taʼlim olish va mintaqaviy atrof-muhitga oid va ekologik muammolarni muhokama qilish imkoniga ega boʻladi.

Shuningdek, Youth Green Camp ishtirokchilari “Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhitga oid va ekologik muammolar” mavzusida taqdimot qilish hamda oʻz yechimlarini amalga tatbiq qilish uchun mikor-grantlar yutib olish imkoniga ega boʻladi.

Oromgoh 27-28-noyabr kunlari Qirgʻizistonning Norin shahridagi Aska mehmonxonasida boʻlib oʻtadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

16-24 yoshli maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej litsey oʻquvchilari va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
  • Nomzodlar 16-24 yosh oralgʻida boʻlishi kerak.
  • Inlgiz tilida muloqot qila olish kerak.
  • Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhitga oid va ekologik muammolarga qiziquvchi maktabning yuqori sinf oʻquvchis, kollej litsey oʻquvchisi va talaba boʻlish kerak.
  • Nomzod Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston yoki Afgʻoniston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Hozirda Bishkek yoki Norinda yashab turgan Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Afgʻonistondan boʻlgan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej litsey oʻquvchilari va talabalar ham ariza bera oladi.

Talablar:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlgakiritganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 2 kunlik oromgohda bepul qatnashish va yetakchi ekspertlardan atrof-muhitga oid hamda ekologik muammolardan xabardorlikni oshirish boʻyicha taʼlim olish.
  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Atfor-muhitga oid va ekologik muammolar uchun yechimlarni amalga tatbiq qilish uchun mikr-grantlar yutib oolish imkoniyati.
  • Bishkekdan Norindagi manzilga yetib olish uchun ichki transport taʼminlaadi.

Ishtirokchilar Qirgʻizistonga (Bishkekka) borish va qaytish uchun aviachipta xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 23-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirib, topshirishingiz mumkin. Saralab olingan ishtirokchilarga 2021-yil 24-noyabr kuni xabar beriladi.
Savollaringiz boʻlsa, oromgoh haqidagi Facebook eʼloni ostida soʻrashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!