×

Yozgi maktab 2017 ( Universität Würzburg )


Grant

MUHLAT

31.03.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2628 marta

Germaniyaning Vurzburg Universiteti DAAD homiyligida yozgi o’quv kurslari uchun grantlar taklif qiladi.

Yozgi  maktab informatika va aerokosmik texnologiyalar yoki shunga bog’liq boshqa yo’nalishlarda ta’lim oluvchi talabalar uchun. Qatnashchilar kosmik kema dizayni, kosmik apparatlar va ularga bog’liq dasturiy ta’minot haqida ham kengroq ma’lumotga ega bo’lishadi. Kurs mobaynidagi ma’ruzalar kosmik kema dizayni, kosmosga uchish tarixi, kosmik muhit, fazo dinamikasi, sun’iy yo’ldoshda issiqlik boshqaruvi, telekommunikatsiya, kemani boshqarish strukturasi, ishlash tarzi, quvvat tizimi va boshqa mavzularni qamrab oladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1. To’liq shakldagi grant o’z ichiga oladi:

  • yo’l xarajatlari
  • turar joy
  • asosiy oziq-ovqat ta’minoti

To’liq shakldagi grantlar faqat Gvatemala, Polsha, Chexiya va boshqa sharqiy Yevropa davlatlarida yashovchilar uchun

  1. Yuqoridagi davlatlar safiga kirmaydigan davlatlar talabalari uchun homiylik grantlari taklf qilinadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • turar joy
  • asosiy oziq-ovqat ta’minoti

Grant turi:

  • Bakalavr uchun;
  • Magistratura uchun;
  • Doktorantura talabalari uchun

Talablar:

  • Nomzod aerokosmik texnologiya, informatika va injeneriya yo’nalishlarida o’qiydigan;
  • Texnika va matematika fanlaridan yaxshi bilimga ega bo’lishi kerak

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalarni topshirish va qabul qilish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Arizalar to’liq holda anketa bilan birgalikda ushbu manzilga jo’natiladi:

ziegler@informatik.uni-wurzburg.de

  1. Arizalar Wurzburg Universiteti tomonidan ko’rib chiqiladi va natijalar nomzodlarga 2017-yilning 21-apreligacha jo’natiladi.
  2. Arizasi qabul qilingan nomzodlar talab qilingan registratsiya formasini qabul uchun kerakli barcha ma’lumotlar bilan birgalikda jo’natadilar. Shundan so’ng ular uchun turar joy tashkillashtiriladi.
  3. Registratsiya yakunlangach, yo’l va turar joy haqida ma’lumot qatnashchiga jo’natiladi.

Qatnashchi tomonidan to’lanadigan 275 € ga teng to’lov ham belgilangan bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-Universitetga abul

-o’quv materiallari

-mahalliy avtobus transporti

-2 ta ekskursiya uchun transport va joylarga kirish

Ariza kurs web-saytining o’zidayoq to’ldiriladi va unda qatnashchi haqidagi kerakli ma’lumotlar so’raladi. Ariza bilan birgalikda motivatsion xat ham yoziladi. Motivatsion xat arizangizning qabul qilinishiga eng katta ta’sir ko’rsatuvchi hujjatligini unutmang.

Foydali hujjatlar:

Eslatma: ushbu dasturda oldingi yillarda qatnashgan talabalar 2-marotaba qabul qilinmaydi.

Bog’lanish uchun:

Tashkilot: Department of computer science of the University of Würzburg
Prof. Sergio Montenegro, Chair of Aerospace Information Technology
Prof. Klaus Schilling, Chair of Computer Science VII

Pochta ma’lumotlari: Universität Würzburg Informatik VII
Dieter Ziegler
Am Hubland
97074 Würzburg

Tel. +49 (0) 9 31-3 18 67 18
E-Mail: Ziegler@informatik.uni-wuerzburg.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!