Hamkorlik dasturi maqsadi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlatlarda aholi turmush tarzini yaxshilash va qayta tiklanuvchi energiya resurlaridan foydalanishni rivojlantrishdan iborat. YUNESKO va Xalqaro barqaror energiyalarni rivojlantirish tashkiloti tomonidan har yili bir oylik o’quv kurslar tashkil etadi. Bu o’quv kurslarida taklif etilgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin(ular ichida O’zbekiston ham bor) Har o’quv kurslari uchun 20 ta joy ajratiladi. O’qish 2017 yil 2-27 oktyabrda bo’lib o’tadi.
Yo’nalishlar:
- Energiya va barqaror rivojlanish;
- Energiya resurslarini ekologik boshqaruvi;
- Qayta tiklanuvchi energiya;
- Doimiy va qayta tiklanuvchi energiya quvvatini ishlab chiqish
Universitetlar: Rossiya Federatsiyasidagi ixtisoslashgan insititutlar
Grant kimlar uchun?
Magistiratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
To’liq qoplanadi (470 AQSH dollari miqdordagi stipendiya)
Talablar:
- Iqtisod yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi;
- Ingliz tilini mukammal bilishi;
- 35 yoshdan yuqori bo’lmasligi kerak
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish tartibi:
- YUNESKO dasturiga ariza;
- 6 ta rasm;
- diploma nusxasining notarius tomonidan tasdiqlangani;
- Ingliz tilini bilish bo’yicha sertifikat;
- Saralab olingan nomzodlar YUNESKO tomonidan (o’quv kursi boshlanishidan 4 oy avval) tibbiy xulosasi tan olingan shifokor tomonidan to’ldiriladi
Saralab olingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo’ladi:
- safar harajatlari(chipta, yotoqxona, oziq-ovqat xarajatlari) to’liq qoplanadi
- tibbiy sug’urta
- mezbon davlat nomzodning bir oylik barcha xarajatlarini qoplash uchun 470 AQSH dollari miqdorida stipendiya to’laydi
Tanlangan nomzodlar uchun viza Rossiya Federatsiyasining elchixonalari orqali beriladi. Rossiya Federatsiyasining elchixonalari bo’lmagan davlatlar ularga yaqin bo’lgan davlatdagi Rossiya Federatsiyasining elchixonasiga murojaat qiladilar
Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim.
Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDA olishingiz mumkin.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Rossiya Federatsiyasi elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Toshkentdagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasi manzili:
Mirobod tumani, Nukus ko’chasi, 83.
Tel: 2556299, 1407200, 1204322, 1203516, 1203519