×

Z Zurich jamgʻarmasi Belfastdagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 16 ta toʻliq grant eʼlon qildi!


Grant

MUHLAT

13.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3217 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Z Zurich jamgʻarmasi ushbu sammit uchun 16 ta toʻliq grant eʼlon qildi. Jamgʻarma zaif kishilarning (vulnurable people) xavfdan oʻzlarini himoya qilishi, shiddat bilan oʻzgarayotgan dunyoda moslashishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, ruhiy farovonlikni yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlash jamgʻarmaning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Jamgʻarma ushbu 16 ta grant oʻrnini profilaktikaga yoʻnaltirilgan ruhiy salomatlik loyihalari yoki taʼlim, bandlik yoxud tadbirkorlik yechimlari orqali ijtimoiy tenglikni taʼminlovchi loyihalar ustida ishlayotgan yosh yetakchilarga taklif qilmoqda.

Agar siz ruhiy farovonlikni himoya qilish yoki jamiyatda tenglikni taʼminlash ustida ish olib boradigan yosh yetakchi boʻlsangiz, bu grant aynan siz uchun.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan 16 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 1-6-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Jamgʻarma  tomonidan tashkillashtiriladigan Sammitdan oldingi va keyingi dasturlarda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Sammit vaqtida 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
  • Mahalliy va/yoki global muammolarga qiziqishga ega boʻlish kerak.
  • Sammitda qatnashiuvchi boshqa Z Zurich jamgaʻrmasi granti gʻoliblari va xodimlari bilan hamkorlik qilishga tayyor boʻlish kerak.
  • Quyidagi sohalardan birida koʻrsatilgan taʼsir / natija:
    • Ruhiy farovonlikni yaxshilash.
    • Ijtimoiy tenglikni taʼminlash.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 13-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!