Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.
2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.
Z Zurich jamgʻarmasi ushbu sammit uchun 16 ta toʻliq grant eʼlon qildi. Jamgʻarma zaif kishilarning (vulnurable people) xavfdan oʻzlarini himoya qilishi, shiddat bilan oʻzgarayotgan dunyoda moslashishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish, ruhiy farovonlikni yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlash jamgʻarmaning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Jamgʻarma shu 3 sohadagi yosh yetakchilarning One Young World sammitida ishtirokini taʼminlash uchun mazkur 16 ta grant oʻrnini taklif etmoqda.
Agar siz iqlim oʻzgarishi va buning zaif kishilarga taʼsiri muamosini hal qilish; ruhiy farovonlikni himoya qilish yoki jamiyatda tenglikni taʼminlash ustida ish olib boradigan yosh yetakchi boʻlsangiz, bu grant aynan siz uchun.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qoʻlga kiritgan 16 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
- 2022-yil 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
- 2022-yil 15-19-may kunlari mehmonxonadan bepul xona taʼminlanadi.
- Tokioga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminalandi.
- Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
- Sammitdan oldingi va keyingi Z Zurich jamgʻarmasi dasturlarida qatnashish imkoniyati.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
- Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
- Mahalliy va/yoki global muammolarga qiziqishga ega boʻlish kerak.
- Sammitda qatnashiuvchi boshqa Z Zurich jamgaʻrmasi granti gʻoliblari va xodimlari bilan hamkorlik qilishga tayyor boʻlish kerak.
- Quyidagi sohalardan birida koʻrsatilgan taʼsir / natija:
- Iqlim oʻzgarishiga moslashish.
- Ruhiy farovonlikni yaxshilash.
- Ijtimoiy tenglikni taʼminlash.
Dasturga qabul jarayoni:
Leading Asia grantiga arizalar 2021-yil 15-dekabrga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.