×

Zheijang University: Xitoyda magistratura va doktorantura uchun to’liq grant, turar joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

10.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1883 marta

Xitoyda joylashgan Zheijang University universitetida o’qish uchun Chinese Government Scholarship – Chinese University Program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetning magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladi. Dasturdan maqsad xorijlik iqtidorli talabalarni Xitoyga jalb qilish va Xitoyda ta’lim brendini ommalashtirish. 

Zheijang universitetida ingliz va xitoy tilida o’qitiladigan kurslar mavjud. Magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing. Ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslarining alohida ro’yxati bu yerda berilgan.

Doktorantura kurslarining umumiy ro’yxati bu yerda, faqat ingliz tilida o’qitiladigan doktorantura kurslari ro’yxati esa bu yerda ko’rsatilgan. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Magistratura uchun 2-3 yil, doktorantura uchun 3-4 yil bepul o’qish
  • Universitet hududida bepul yotoqxona
  • Oylik stipendiya
  • Tibbiy sug’urta.

Talablar:

  • Magistraturaga 35 yoshdan oshmagan, bakalavr diplomiga ega nomzodlar qabul qilinadi.
  • Doktorantura kurslariga 40 yoshdan oshmagan, magistratura diplomiga ega nomzodlar qabul qilinadi. Bunda tadqiqot rejasi va tajribasi muhim o’rin tutadi.
  • Xitoy tilida o’qitiladigan kurslarga kirish uchun xitoy tilini bilish darajasi yaxshi bo’lishi lozim – qabul uchun HSK 5 talab qilinadi. Universitetning 1 yillik xitoy tilidan tayyorlov kursida o’qish niyatidagilar uchun grant muddati uzaytirib beriladi (til kursi o’qish boshlanishidan avval, 1 yil bo’ladi).
  • Ingliz tilidagi kurslarga qabul uchun TOEFL IBT 90 yoki IELTS 6,5 talab etiladi.
  • Nomzodlarga GRE, NTS-GAT testlarini topshirish tavsiya etiladi (ixtiyoriy, lekin muhim).
  • Magistratura va doktorantura kurslarining har ikkalasiga qabul uchun ham nomzod avvaliga Zheijang universiteti professor-o’qituvchilari orasidan o’ziga nazoratchi (ilmiy rahbar – supervisor) topishi va uning roziligini olishi talab qilinadi. Hujjat topshirishda arizaga ilmiy rahbardan tasdiq xati qo’shib topshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berilmaydi. Magistratura yoki doktorantura kursiga hujjat topshirsangiz, arizangiz grantga ham ko’rib chiqiladi. Hujjat topshirish uchun bu yerda ariza to’ldirib, 10-martgacha topshiring. Hujjatlar to’liq onlayn tarzda qabul qilinadi, shuning uchun qog’oz hujjatlarni pochta orqali yetkazish shart emas.

Magistratura kurslariga hujjat topshirish jarayoni bu yerda to’liq ko’rsatilgan. Doktoranturaga hujjat topshirish haqida batafsil bu yerda o’qing. 

Magistraturaga qabul bo’yicha murojaat: admissionmaster@zju.edu.cn.

Doktoranturaga qabul bo’yicha murojaat: admissionphd@zju.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!