×

Yangi Zelandiya: ayollar uchun doktorantura – 10 000 AQSH dollari stipendiya; joy 30 ta!


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2007 marta

Zonta International Amelia Earhart Fellowships for Women dasturi dunyodagi barcha tadqiqotchi ayollarni o’zining navbatdagi stipendiya dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu stipendiya dasturi aerokosmik tadqiqotlar, aerokosmik muhandislik yoki shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha (aerospace-related sciences or aerospace-related engineering) yo’nalishi PhD yoki doktorantura bosqichida oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar uchun moliyaviy koʻmak olishga imkon yaratadi. Dasturdan maqsad aerokosmik tadqiqotlarni hamda shu sohadagi tadqiqotchi ayollarni qo’llab quvvatlashdan iborat. Ushbu grant har yili 30 nafargacha nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida/doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlaarning har biriga 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag’ taqdim etiladi.

Talablar:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q)
  2. Nomzod ayol kishi bo’lishi kerak
  3. Nomzod aerokosmik tadqiqotlar, aerokosmik muhandislik yoki shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha (aerospace-related sciences or aerospace-related engineering) PhD yoki doktorantura bosqichida oʻqishga qabul qilingan/o’qiyotgan bo’lishi kerak
  4. Doktaranturadan keyingi bosqichlar uchun grant ajratilmaydi
  5. Nomzod a’lochi, ulkan akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi va bu uning baholarida aks etishi lozim
  6. Baholarning elektron ko’rinishdagi shakli (universitet saytlaridagi link orqali baholarni ko’rish) qabul qilinmaydi
  7. Nomzod o’zi tadqiqot olib borayotgan sohada salmoqli yutuqlarga erishgan bo’lishi va buni grant bruvchiga ko’rsatib bera olishi zarur.
  8. Dasturda g’olib bo’lgan ishtirokchi stipendiya olishni kechiktirishi mumkin emas (aks holda grant bekor qilinadi)
  9. Stipendiant bir vaqtning o’zida boshqa dasturlar bo’yicha ham grant olishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun bu yerda ro’yxatdan o’tiladi va onlayn ariza to’ldiriladi. Hujjatlar 2019-yil 15-noyabriga qadar qabul qilinadi. Natijalar 2020-yilning aprel oyida ma’lum qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Tarjimai hol (avtobiohrafiya)
  3. Tadqiqot rejasi
  4. Tugallangan barcha kollej/litsey, oliygohlar ro’yxati va ularda olingan ilmiy darajalar
  5. Tugallangan barcha kollej/litsey, oliygohlarda olingan baholar (ingliz tiliga tarjimasi bilan)
  6. Erishilgan yutuq/mukofotlar, qatnashilgan stipendiya/amaliyot dasturlari
  7. Bosib chiqarilgan nashrlar ro’lxati (ma’lumot belgilangan joyga sig’ishi kerak. shu sababli ilmiy maqola yoki ishlanma matnini yuklamang)
  8. Oldingi ish joylari ro’yxati (agar mavjud bo’lsa)
  9. Unda nomzod o’zining tadqiqot dasturini, bu dasturdan aerokosmik tadqiqotlarda qanday foydalanish mumkinligi, dasturning soha rivojiga qanday hissa qo’sha olishini ochib bera olishi kerak. Esse uchun belgilangan so’z miqdori 500ta. Stipendiya belgilashda tadqiqot rejasini aniq va lo’nda ifodalab bergan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  10. 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalarning bittasi birga tadqiqot olib borayotgan ilmiy rahbardan, bittasi universitet professoridan bo’lishi zarur.
  11. Universitetda tahsil olish/qabul qilinganlik haqidagi hujjat
  12. Ingliz tilida bo’lmagan barcha hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak
  13. Baholar/diplom ilovasi hamda tavsiyanomalardan boshqa barcha ma’lumotlarda belgilangan so’z miqdoriga (word limit) rioya etilishi lozim. Maqola, islanma, pamflet, CV va shunga o’xshash so’ralmagan hujjatlar hisobga olinmaydi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytida yoki grant haqidagi tavsifnomada tanishishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Email: zontaintl@zonta.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!