×

Zurich Enterprise Challenge tanloviga qatnashib, 5350 dollar pul mukofoti yutib oling!


Grant

MUHLAT

26.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

4045 marta

Zurich Enterprise Challenge 2022 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlov ishtirokchilarga dunyoning eng yaxshi sugʻurta kompaniyalaridan biri (Zurich kompaniyasi) bilan ishlash hamda real hayotdagi strategik va biznes muammolarni yechish uchun kompaniyaning korporativ mijozlari bilan oʻzaro muloqot qilish imkonini beradi.

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlov 3 bosqichdan iborat boʻlib, unda magistratura, MBA va PhD bosqichi talabalari 3-4 kishilik jamoa sifatida qatnashishi mumkin. Tanlov ingliz tilida bʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, MBA va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 2-bosqichda eng yaxshi yechim taklif etgan gʻolib jamoa 5000 CHF (taxminan 5350 AQSH dollari) miqodirdagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • 2-bosqichda 2-oʻrinni olgan jamoa 2000 CHF (taxminan 2140 dollar) mukofot bilan taqdirlanadi.
  • 1-bosqichdagi eng yaxshi jamoalar Zurich kompaniyasi va uning xalqaro mijozlari bilan birga muayyan keys ustida ishlash imkoniga ega boʻladi.
  • 1-bosqichdagi eng yaxshi jamoalarning barchasi maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

  • Tanlovga butun dunyodan magistratura, MBA va PhD bosqichi talabalari qatnashishi mumkin.
  • Kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar ham, sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok eta oladi.
  • Ishtirokchilar menejment, moliya, strategiya va xatarlar boshqaruvi yoki shunga oʻxshash sohalarga qiziqishi kerak.
  • Ishitrokchilar 3-4 kishilik jamoa boʻlish ishtirok etishi kerak boʻladi.
  • Bitta universitetda bir-nechta jamoa qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov 3 bosqichdan iborat.

1-bosqich: jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish va video taqdimot topshirish. Bu bosqichga arizalar 2022-yilning 26-iyuniga qadar topshiriladi. Tanlovga qatnashish uchun 3-4 kishilik jamoa tuzish kerak va BU YERDA onlayn shaklda roʻyxatdan oʻtish kerak. Bunda har bir jamoa “Climate Change Risk Analysis” mavzusida innovatsion yechim taklif etuvchi video topshirish kerak. Video davomiyligi 6 daqiqagacha boʻlishi mumkin. Batafsil BU YERDA oʻqing. 1-bosqichda roʻyxatdan oʻtish, videoni topshirish, topshirilgan ishlarni baholash mezonlari va shu kabilar haqidagi maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

2-bosqich: bu bosqich 2022-yilning iyul-oktyabr oylarida boʻlib oʻtadi. Birinchi bosqichda saralab olingan eng yaxshi jamoalar Zurich kompaniyasining xalqaro mijozlari bilan real hayotdagi korporativ muammolarni yechish ustida ishlaydilar.

3-bosqich: 2-bosqichdagi jamolar ishi baholanadi va 2022-yil 5-dekabrgacha gʻolib jamoa eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirish ishlarini boshlashdan oldin tanovning rasmiy eʼloni va qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan riskroom@zurich.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!