×

Singapur: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; oylik stipendiya – 2 160 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

2736 marta

National University of Singapore 2020-yilgi  MBIʻs PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi besh yilgacha moʻljallangan boʻlib, biomexanika yoʻnalishi boʻyicha doktoranturada oʻqish istagida boʻlgan, liderlik qobiliyatiga va qarorlar qabul qilish, taʼlim berish tajribasiga hamda oʻquv dasturiga oʻz takliflarini bera oladigan nomzodlar uchun moliyaviy koʻmak olishga imkon yaratadi.

Tadqiqot sohalari:

  • MB5101- Cell as a Machine.
  • MB5102- Topics in Mechanobiology.
  • MB5103- Research Seminars in Mechanobiology.
  • MB5104- Integrative Approach to understand Cell Functions.
  • MB5105- Microfabrication for Biologists.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Besh yilgacha yashash va turar joy xarajatlari uchun oyiga chet elliklarga 3 000 SD (taxminan 2 160 USD) miqdordagi stipendiya beriladi.
  3. Bir marta 5 000 SD (taxminan 3 600 USD) miqdorida kerakli anjom-jixozlar uchun mablagʻ ajratiladi.
  4. Talabaning yurtidan Singapurga kelishi uchun aviabilet olib beriladi (750 SD/540 USDgacha).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod aniq fanlar boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi yoki muhandislik boyicha intizomli yoki yaxshi baholarga ega diplomga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod GRE testidan oʻtgan boʻlishi kerak (90% va undan baland). GRE testi haqidagi toʻliq ma’lumot shu yerda.
  4. Nomzodda TOEFL IBT 85/ IELTS 6.0 va undan baland ball boʻlishi kerak.
  5. Yuqoridagi talablarga javob bera olmagan nomzodlar mbigraduate@nus.edu.sg manziliga murojaat qilib, ma’lumot olishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar 15-yanvargacha qabul qilinadi. Grantga ariza berishdan oldin nomzod SIM GE bakalavr kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi shart.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Arizalar onlayn yoki qoʻllanmada berilgan ariza shakli orqali toʻldirilishi mumkin.
  2. Talab qilingan barcha hujjatlar elektron koʻrinishda yagona PDF faylga joylanadi va mbigraduate@nus.edu.sg electron manziliga joʻnatiladi. PDF faylning hajmi 10MBdan oshmasligi kerak.
  3. Toʻldirilgan onlayn ariza chop etilib, unga nomzodning fotosurati yopishtiriladi va boshqa barcha talab etilgan hujjatlar bilan birga pochta orqali quyidagi manzilga yuboriladi:

Mechanobiology Institute

National University of Singapore

MBI Graduate Office

5A Engineering Drive 1

T-Lab Building, #05-01

Singapore 117411

Hujjatlar 2020-yil 15-yanvariga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatgacha elektron hamda chop etilgan hujjatlarning har ikkalasi taqdim etilishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Arizalarni koʻrib chiqish uchun toʻlov ($50).
  2. Passport nusxasi.
  3. Diplom va baholar nusxasi.
  4. GRE General Test.
  5. IELTS/TOEFL.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Maqola yoki ijodiy publikatsiyalar nusxasi (agar mavjud boʻlsa)
  8. CV/resume.
  9. Shaxsiy ariza (personal statement). Hujjatni toʻldirish jarayonida nomzod akademik yutuqlari, olib borgan tadqiqotlari va rejalashtirayotgan ilmiy ishi, salohiyati haqidagi toʻliq, ammo qisqa va loʻnda hamda 2 sahifadan oshmaydigan ma’lumotni taqdim etishi kerak.
  10. Boshqa erishilgan yutuqlar, mukofotlar (agar mavjud boʻlsa).

2020-yil 15-yanvargacha ariza topshirgan nomzodlarga 2020-yil martgacha suhbat oʻtkaziladi. Suhbat faqat saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilangina oʻtkaziladi.

Natijalar may oyida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: mbigraduate@nus.edu.sg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!