×

AQSh: Bakalavriat bosqichi talabalari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1697 marta

AQSHning Michigan shtati Kettering shahrida joylashgan Kettering University 2020-yilning bahorgi semestrida bakalavr bosqichida oʻqishni istagan chet ellik talabalar uchun Xalqaro stipendiya dasturlarini taklif qilmoqda. Kettering University xalqaro talabalar uchun ikki asosiy turdagi stipendiya taklif qiladi:

  • International Student Merit Scholarships universitetga kelgan birinchi kurs talabalari (freshmen) uchun stipendiyalar.
  • Kettering World Scholarship – universitetda oʻqiyotgan xalqaro talabalar uchun stipendiyalar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • International Student Merit Scholarshipsni yutib olgan talabaga yillik 3 500 dan 17 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ajratiladi. Stipendiya miqdorini belgilashda talabaning akademik yutuqlari hamda SAT/ACT testi natijalariga qaraladi.
  • Kettering World Scholarship universitetning barcha chet ellik talabalari uchun ochiq boʻlib, uning miqdori yillik 3 500 dan 14 000 AQSh dollarigacha pul mablagʻini tashkil etadi.

Bir vaqtning oʻzida talaba har ikkala stipendiyani olishi mumkin emas. Ammo grant dasturlari boshqa moliyaviy yordam yoki stipendiya dasturlari bilan bir vaqtda berilishi mumkin.

Universitetda oʻqish uchun sarflanadigan harajatlar roʻyxati bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

International Student Merit Scholarshipsni yutib olish uchun:

  • Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod universitetning birinchi kursiga qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod SAT yoki ACT testlarini topshirgan boʻlishi kerak.

Kettering World Scholarshipni yutib olish uchun:

  • Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod universitetning birinchi kursiga qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Kettering University bakalavr dasturlaridan biriga hujjatlarini dedlayndan kechiktirmay taqdim etgan va universitetga qabul qilingan barcha xorijlik talabalar grant uchun loyiq deb topiladi. Grantga yilda bir necha marta hujjat topshirish mumkin. Ayni vaqtda bahorgi semester uchun hujjat qabul qilimnoqda va eng yaqin dedlayn – 2020-yil 28-fevral.

Universitet ma’muriyati talabalarga barcha moddiy yordam dasturlariga  FAFSA (Free Application for Federal Student Aid) dasturi orqali hujjat topshirishlarini maslahat beradi.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • SAT va ACT testi natijalari.
  • Maktab attestati/kollej yoki litsey diplomi.
  • Baholar/ diplom ilovasi.
  • Til sertifikatlari (IELTS 6.0/TOEFL iBT 79).
  • Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi bank hujjati.
  • Tibbiy sugʻurta.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: 1-810-762-9500

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!