×

AQSh: Kettering University – chet ellik talabalar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

08.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2041 marta

AQSHning Michigan shtati Kettering shahrida joylashgan Kettering University o’zining bakalavr bosqichidagi chet ellik talabalari uchun Xalqaro stipendiya dasturlarini taklif qilmoqda. Kettering University xalqaro talabalar uchun ikki asosiy turdagi stipendiya taklif qiladi:

  • International Student Merit Scholarships – universitetga kelgan birinchi kurs talabalari (freshmen) uchun stipendiyalar.
  • Kettering World Scholarship – universitetda o’qiyotgan xalqaro talabalar uchun stipendiyalar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Student Merit Scholarshipsni yutib olgan talabaga yillik 3 500 dan 17 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ajratiladi. Stipendiya miqdorini belgilashda talabaning akademik yutuqlari hamda SAT/ACT testi natijalariga qaraladi.

Kettering World Scholarship universitetning barcha chet ellik talabalari uchun ochiq bo’lib, uning miqdori yillik 3 500 dan 14 000 AQSh dollarigacha pul mablag’ini tashkil etadi.

Bir vaqtning o’zida talaba har ikkala stipendiyani olishi mumkin emas. Ammo grant dasturlari boshqa moliyaviy yordam yoki stipendiya dasturlari bilan bir vaqtda berilishi mumkin.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

International Student Merit Scholarshipsni yutib olish uchun:

  • Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod universitetning birinchi kursiga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod SAT va ACT testlarini topshirgan bo’lishi kerak.

Kettering World Scholarshipni yutib olish uchun:

  • Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod universitetning birinchi kursiga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Kettering University bakalavr dasturlaridan biriga hujjatlarini 2019-yilning 8-martidan kechiktirmay taqdim etgan va universitetga qabul qilingan barcha xorijlik talabalar grant uchun loyiq deb topiladi.

Universitet ma’muriyati talabalarga barcha moddiy yordam dasturlariga  FAFSA (Free Application for Federal Student Aid) dasturi orqali hujjat topshirishlarini maslahat beradi.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Ariza.
  • SAT va ACT testi natijalari.
  • Maktab attestati/kollej yoki litsey diplomi.
  • Baholar/ diplom ilovasi.
  • Til sertifikatlari (IELTS 6.0/TOEFL iBT 79).
  • Nomzodning moliyaviy ahvoli haqidagi bank hujjati.
  • Tibbiy sug’urta.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

Murojaat uchun tel: 1-810-762-9500

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!