Fransiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi va Campus France magistratura bosqichini Fransiyada oʻqish niyatidagi oʻzbekistonlik yoshlarga 2022-2023-oʻquv yili uchun Scholarship of the French Government (Bourses Du Gouvernement Francais – BGF) grant dasturida qatnashishni taklif etmoqda. Dasturdan maqsad aʼlochi, iqtidorli va yuqori potensialli oʻzbekistonlik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida gʻolib talabaga 1 yil (12 oy) davomida quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Fransiyaga borish va Oʻzbekistonga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
- 1 yil oʻqish (kontrakt summasi) uchun 5000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.
- Universitetda roʻyxatdan oʻtish puli qoplanadi.
- Oyiga 700 yevro stipendiya beriladi.
- Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
- Uzoq muddatli viza toʻlovi qoplanadi (viza markaziga ariza berish toʻlovi qoplanmaydi).
- Talabalar yotoqxonasidan joy olishda ustuvorlik beriladi.
- Turli madaniy tadbirlarda qatnashish huquqiga ega boʻlinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr bosqichini tugatgan yoki hozirda (2022-yil) bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod fransuz va/yoki ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. Fransuz va/yoki ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab etiladi (DELF/DALF, TEF, TCF, IELTS, TOEFL, TOEIC yoki BULATS).
- Nomzod Fransiyadaning davlat universitetlaridagi yoki diplomi Fransiya hukumati tomonidan tan olinadigan Fransiyaning xususiy universitetlaridagi magistrlik dasturlaridan biriga qabul qilingan yoki ariza topshirish jarayoni (topshirayotgan) boʻlishi kerak.
- Bu grantni Fransiya hukumatining boshqa grantlari, Erasmus+ granti Frankafoniya universiteti agentligi grantlari bilan bir vaqtda olib boʻlmaydi. Bunday grantlarni bir vaqtda yutib olgan nomzod ulardan birini tanlashi kerak boʻladi.
- Grant dasturida qatnashish uchun soʻralgan barcha hujjatlar toʻliq topshirilishi kerak.
- Yosh chegarasi belgilanmagan. Boshqa talablarga mos boʻlgan istalgan yoshdagi nomzodlar ariza berishi mumkin.
- Ushbu grantni Fransiya OTMlarida mavjud istalgan sohada magistratura bosqichini oʻqish uchun olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2022-yil, 31-martgacha qabul qilinadi. Ariza va hujjatlarning barchasi ingliz yoki fransuz tilida topshirilishi kerak 9fransuz tilida hujjat topshirayotganlarga tavsiya beruvchilar tavsiyanomani ingliz tilida yozsa boʻladi). Quyida keltirilgan barcha kerakli hujjatlar 2022-yil 31-martga qadar campus.oubz@gmail.com elektron manziliga yuborilishi lozim.
Kerakli hujjatlar:
- To’ldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin (ingliz va fransuz tilida mavjud).
- Passport nusxasi.
- CV.
- Motivatsiya xati: 2 betdan oshmasligi va noomzodning motivatsiyasini aniq koʻrsatib berishi kerak.
- Bakalavr diplomi nusxasi hamda universitetda olingan baholar va ularning (diplom va baholarning) ingliz yoki fransuz tiliga tarjima qilingan nusxasi. Tarjima tarjima agentligi tomonidan notarial tasdiqlangan holda qilingan yoki universtetning oʻzi tomonidan qilingan boʻlishi kerak (ingliz tilida berilgan diplomni tarjima qildirish shart emas). Bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar faqat hozirga qadar olgan baholari va ularning tarjimasini topshiradi.
- Til sertifikati. Nomzod ingliz yoki fransuz tilini kamida B2 darajada bilishini isbotlovchi xalqaro til sertifikatini topshirishi kerak.
- Tavsiyanoma (fransuz yoki ingliz tilida yozilgan tavsiyanoma afzal koʻriladi; boshqa tilda yozilgan boʻlsa, notarial tasdiqlangan tarjimasi ham kerak). Tavsiyanomani nomzodni yaxshi biladigan universitet vakili 9oʻqituvchi, dekan va hk) yoki nomzodning ish joyidagi mansabdor 9nazoatchi) shaxslardan olinishi mumkin.
- Fransiya universitet(lar)i tomonidan berilgan qabul xati (agar boʻlsa; bu hujjat boʻlmasa, topshirilmaydi).
MUHIM: Har bir hujjat nomi nomzodning familiyasi bilan boshlanishi va mazmuniga koʻra nomlanishi kerak. Masalan: Eshmatov_CV; Eshmatov_Transicripts va h.k.
Eslatma: grant uchun saralash nomzod tanlagan universitetga qabul jarayonidan alohida olib boriladi. Nomzodlar Fransiya universitetlariga ham alohida hujjat topshirishi kerak.
Natijalar 2022-yil may oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinadi.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktga murojaat qilishingiz mumkin:
Maëva-Laureen GODARD, Toshkentdagi Fransiya Kampusi rahbari: campus.ouz@gmail.com yoki Oʻzbekistondagi Fransiya elchixonasi (Istqbol koʻchasi 25, Toshkent).
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.
BGF dasturi doirasida grant yutib olgan yurtdoshimiz bilan uyushtirilgan suhbat bilan bu yerda tanishing.