×

Viadrina Fast Track: Germaniyadagi Viadrina Yevropa universiteti bakalavrlik dasturlariga tayyorlov kursida bepul oʻqish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

06.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2681 marta

Viadrina Fast Track dasturi oʻrta taʼlimni tugatib, birdan Germaniyada bakalavriatni oʻqiy olmaydigan xorijlik oʻquvchilarga Viadrina Yevropa universitetining bakalavriat bosqichiga bevosita oʻqishga kirish (oʻrta taʼlimdan keyin) imkonini beradi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham maktab, litsey va kollejni bitirgandan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri Germaniya universitetlarining bakalavriat bosqichiga ariza topshira olmaydi. Avval Oʻzbekistonning oʻzidagi universitetda 1 yoki 2 yil oʻqishi yoxud Germaniyadagi 1 yillik tayyorlov maktabida (Studienkolleg) oʻqishi, undan keyin Germaniya universitetkaridagi bakalavriat dasturlariga ariza berishi mumkin. Viadrina Fast Track dasturi esa oʻquvchilarni bundan ozod qiladi.

Dasturga qabul qilinganlar 2022-yil 1-iyuldan 30-sentabrgacha (3 oy) maʼlum bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlov kursida grant asosida oʻqiydi. Ushbu dasturda oʻqish nemis tilida boʻladi va nomzodlardan nemis tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.

Dastur yakunida yoʻnalish boʻyicha bakalavriatga kirish imtihoni hamda zarur hollarda nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi imtihon topshiriladi. Imtihon(lar)dan muvaffaiqyatli oʻtganlar tegishli bakalavrlik dasturida oʻqishni boshlaydi.

Bakalavriatda oʻqish 2022-yil oktabrda boshlanadi. Viadrina Yevropa universitetidagi bakalavrlik kurslarida oʻqish bepul.

Viadrina Fast Track dasturida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish mumkin:

Yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqilgandan qanday kurslar (fanlar) oʻtilishi haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin (Какие курсы нужно посещать?).

Grant kimlar uchun?

Germaniyada bakalavriatga tayyorlov kursi va bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Viadrina Fast Track tayyorlov dasturida oʻqish xarajatlari Viadrina Yevropa universiteti tomonidan toʻliq qoplanadi. Universitet tomonidan quyidagilarning xarajatlari qoplanadi:

  • Til va fanlar boʻyicha kurslar toʻlovi
  • Oʻquv qurollari xarajatlari
  • Seminar va boshqa mashgʻulotlar xarajatlari
  • DSH tayyorlov kursi xarajati
  • Barcha imtihon toʻlovlari (imtihonlarni qayta topshirish xarajatlari qoplanmaydi)
  • Madaniy dasturlar xarajatlari
  • Oʻqishni qoʻllab-quvvatlash xarajatlari

Shuningdek, eng yaxshi talabalarga bakalavriatning 1-yili uchun 3000 yevra stipendiya ham beriladi.

Yuqoridagilardan boshqa barcha xarajatlar oʻquvchining oʻzi tomonidan qoplanishi kerak. Jumladan, tayyorlov dasturi davomidagi tibbiy sugʻurta xarajatlari, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari ham oʻquvchi tomonidan qoplanadi. Bu xarajatlar uchun oyiga taxminan 600-700 yevroni tashkil qiladi.

Talablar:

Viadrina Fast Track tayyorlov dasturiga ariza topshirish uchun quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻz vataningizda olingan toʻliq oʻrta taʼlim haqidagi hujjat. Bularga 11 yillik maktab attestati, kollej yoki litsey diplomi kiradi. Attestat/diplom 2021-yilda yoki 2022-yilda olingan boʻlishi / olinishi kerak.
  • Nemis tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.
  • 2022-yil 1-oktabr oyida kamida 17 yosh boʻlish lozim.
  • Nomzod gumanitar fanlar yoki iqtisod va matematikaga qiziqishi lozim.

Quyidagilarni eʼtiborga oling:

  • Dastur boshlanishida (2022-yil iyul) nemis tili boʻyicha B2 darajasiga ega boʻlsangiz, 2022-yil iyul va avgust oyida nemis tili kursini, sentabr oyida DSH tayyorlov kursini oʻqishingiz hamda Viadrina universitetida bakalavriatni oʻqishni boshlash uchun nemis tili boʻyicha DSH imtihonini topshirib, kamida DSH-2 darajani qoʻlga kiritishingiz kerak.
  • Nemis tili boʻyicha C1 daraja sertifikatingiz boʻlsa, nemis tili kurslarida oʻqish va Viadrinada bakalavriat bosqichini oʻqishni boshlash uchun nemis tili (DSH) imtihonini topshirishdan ozod boʻlasiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Viadrina Fast Track dasturiga saralash jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1. Ariza topshirish bosqichi. Dastlab, 2022-yil 6-fevralgacha onlayn tarzda maxsus portalda ariza va onlayn hujjatlarni topshirish lozim.

Avval portalda roʻyxatdan oʻtish (akkaunt ochish) kerak, shundan soʻng emailingizga hisobni faollashtirish havolasi yuboriladi. Bu havola 24 soat amal qiladi. Shu havola orqali kirib, parol yaratasiz va onlayn arizani toʻldirishni boshlaysiz. Faollashtirish havolasi darrov kelmasligi mumkin. Darrov kelmasa, biroz kuting va emailingizdagi  “Spam” papkani tekshiring.

Portalda arizani toʻldirish boʻyicha batafsil maʼlumotlarni topasiz. Ariza topshirishda onlayn formulyarni toʻldirib, portalga quyidagi hujjatlarni yuklang:

  • motivatsiya xati
  • nemis tilini B2 yoki undan yuqori darajada bilishni tasdiqlovchi, oxirgi 6 oy ichida olingan til sertifikati (TestDaf, OnSET, Gyote universiteti sertifikati yoki oʻqituvchingiz yoxud maktabongiz tomonidan berilgan maʼlumotnoma – bu maʼlumotnomada nemis tilini kamida B2 darajada bilishingiz aytilgan boʻlishi kerak).
  • avtobiografiya
  • xorijga chiqish pasportining asosiy sahifasi nusxasi
  • rasm

Folmyularni toʻliq toʻldirib, hujjatlarni yuklab, formulyarni portal orqali yuborasiz, Shundan keyin arizangizni PDF formatda yuklab olishingiz mumkin boʻladi. Uni yuklab olib, printerdan chiqarasiz va imzolab, 2022-yil 6-fevralgacha PDF formatda quyidagi emailga yuborasiz: college@europa-uni.de

Imzolanmagan ariza koʻrib chiqilmaydi.

2. TestAS imtihoni. Arizalar asosida saralab olingan nomzodlar 2022-yil 23-aprelda TestAS imtihonini topshirishga taklif etladi. Imtihon topshirsh pullik (100 yevro). Imtihon nomzodning vatanida boʻlib oʻtadi. Imtihonda kerakli fan sifatida “Gumanitar, madabiy va ijtimoiy fanlar” (Kulturologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqimoqchi boʻlganlar uchnun) yoki “Iqtisod” fani (Iqtisod yoʻnalishi boʻyicha oʻqimoqchi boʻlganlar uchun) tanlanishi kerak.

3. Suhbat. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlar 2022-yil may oyi oxirlarida qisqa suhbatga taklif etiladi (Zoom yoki boshqa onlayn vosita orqali boʻladi suhbat). Suhbat bosqichidan keyindastur gʻoliblari aniqlanadi va gʻoliblar Viadrina Yevropa universitetidan dasturga taklif xatini oladi. Shundan soʻng viza olish boʻyicha ishlar boshlanadi.

Diqqat qiling: Viza olish uchun Germaniya elchixonasiga moliyaviy holatingizni tasdiqlovchi hujjat toqdim etishingiz kerak. Bu uchun bloklangan hisob ochish va unga 10 332 yevro tashlash kerak boʻladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan college@europa-uni.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu dastur gʻolibasi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbatni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!