×

Global UGRAD dasturiga topshiriluvchi baholar varag’i qanday tayyorlanadi?


Blog

BO'LIM

Hujjat namunalari

O'QILGAN

717 marta

CHOP ETILGAN

09.01.2021

Bugun Global UGRAD dasturiga topshiriladigan baholar varag’ini koʻrib chiqamiz.

Talaba universitetda hozirgacha olgan baholarini ingliz tilida taqdim etishi kerak.

Bunda baholarni ingliz tilida taqdim etishning 2 yoʻli bor.

Birinchisi, talaba baholarini oʻzi tarjima qilib (yoki universitetdagi masʼul boʻlimiga tarjima qildirib) , universitetdan muhr va imzo bilan tasdiqlatib oladi. Va shuni topshiradi. Bunda talaba hech qanday toʻlov qilmaydi.

Talaba baholarini universitetdagi dekanat yoki oʻquv ishlariga masʻul boʻlim/boshqarma muhr va imzo bilan tasdiqlab beradi.

Agar aynan kim tasdiqlashini bilmayotgan boʻlsangiz, dekanat yoki oʻquv boʻlimi/boshqarmasiga borib soʻrang.

Ikkinchisi – baholarni tarjima agentligiga tarjima qildirish. Bunda hozirgacha olgan baholaringizni universitetdan olasiz va tarjima agentligiga olib borasiz. Uni ingliz tiliga tarjima qilish kerakligini aytasiz. Agentlik tarjima qilib, muhr va imzo qoʻyib beradi. Bunda tarjimonga xizmat haqi toʻlaysiz.

Tarjimani notariusdan tasdiqlatish shart emas, tarjima agentligining muhri va imzosi yetarli boʻladi.

Baholar varag’i namunasini ko’rish

Eslatma: aslida universitet baholarni ingliz tilida qilib berishi kerak. Lekin dekanat yoki baholarni berishga mas’ul bo’lim inglizchaga tarjima qila olmasligi mumkin. Amaliyotda, ko’pincha, talaba o’zi tarjima qilib beradi va uni dekanat yoki mas’ul bo’lim tekshirib, tasdiqlab beradi.

Chet el grantlariga topshirilgan hujjat namunalari bilan tanishish uchun @grantlar_namuna kanaliga qo’shiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!