×

Oʻqish bepul universitetlar: Bamberg universiteti (Germaniya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

14235 marta

CHOP ETILGAN

17.09.2022

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi universitet – Germaniyaning Bamberg shahrida joylashgan Bamberg universiteti haqida maʼlumot beramiz.

Mazkur universitetga 1647-yilda asos solingan va 1972 yilda universitet qayta tashkil qilingan. Hozirda (2022-yil) ushbu oliygohda 13 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Xarajatlar

– Universitetning barcha bosqichlarida oʻqish barcha talabalar uchun bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar, 2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra, har semestrda 103 yevro 80 sent miqdorida maʼmuriy toʻlov toʻlashi kerak. Keyingi yillarda maʻmuriy toʻlov miqdori bir oz oʻzgarishi mumkin.

Maʼmuriy toʻlovning 60 yevrosi universitet tomonidan talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun sarflanadi. 43 yevro 80 sent qismi evaziga talabaga jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta taqdim etiladi.

Bamberg universitetida tahsil olish uchun bundan boshqa toʻlov undirilmaydi.

Universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi dasturlarda oʻqish mumkin:

Taʻlim tili

Bakalavrlik va oʻqituvchilikka tayyorlash kurslarining barchasi nemis tilida oʻqitiladi.

Magistratura kurslarining aksariyati nemis tilida, baʼzilari esa ingliz tilida oʻqitiladi.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari quyidagilar:

Shuningdek, Xalqaro magistratura kurslarining baʼzilarini ham ingliz tilida oʻqish mumkin. Aniq maʼlumot olish uchun kerakli kursni tanlab, tanishib chiqing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslariga kirish uchun nomzoddan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 90 yoxud shu darajada teng boshqa xalqaro til malakasi sertifikati talab etiladi.

Nemis tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun esa nomzoddan nemis tilini kamida B2 darajada bilishini isbotlovchi sertifikat talab etiladi. Bu talab yoʻnalishlarga qarab biroz farq qilishi mumkin.

Bakalavriat va oʻqituvchilikka tayyorlov kurslari, kurslarga qarab, nomzoddan nemis tilini B2, C1 yoki C2 darajada bilishini isbotlovchi til sertifikati topshirish talab qilinadi (aksariyati uchun B2).

PhD bosqichi uchun aniq til talablari universitet saytida keltirilmagan. Lekin nomzod qaysi tilda oʻqisa ham, oʻsha tilni ilmiy ish olib borish va ilmiy ishlarini yozish uchun yetarli darajada bilishi lozim. PhD uchun til boʻyicha batafsil maʼlumotni universitetning oʻzidan soʻrab olishingiz mumkin.

Qabul

Germaniyada oʻqishi uchun viza talab qilinadigan xorijlik talabalar (oʻzbeklar ham) oʻqishga qabul qilinishi uchun (barcha bosqichlar) ariza va kerakli hujjatlarni har yili yozgi semestr uchun 15-iyulgacha, qishki semestr uchun 15-yanvargacha taqdim etishi lozim. Qabul muddatlari baʼzi kurslarda biroz farq qilishi mumkin.

Qabul talablari, kerakli hujjatlar va boshqalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
👉 Bakalavriat
👉 Magistratura
👉 PhD bosqichi
👉 Oʻqituvchilikka tayyorlov kurslari

Agar qabul yuzasidan tushunmovchilikka duch kelsangiz, Xalqaro boʻlim bilan bogʻlaning (Beratung internationaler Studierender nomli boʻlim ostida xalqaro talabalar uchun har bir bosqichga masʼul xodimlar va ularning kontaktlari keltirilgan).

Ushbu universitetda tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbatni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!