×

SAT imtihoni: Nima? Qayerda? Qachon? Qanday?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

35970 marta

CHOP ETILGAN

31.03.2022

Sifatli va xalqaro standartlarga mos keladigan taʼlimni olishni mo‘ljallayotgan talabalar uchun AQSH universitetlari eng maqbul tanlov bo‘la oladi. Chunki xalqaro reytingdagi TOP-100 universitetlarining deyarli teng yarmi AQSHda joylashgan.

Ammo, bilamizki, Amerikada oliy taʼlim olish narxi yiliga o‘rtacha 30 000$ dan 50 000$ gacha miqdordagi mablag‘ni talab etadi. Afsuski, O‘zbekiston sharoitida bu mablag‘ni to‘lash mushkul. Shu sababli, siz universitet tomonidan taklif etiladigan grant (scholarship) egasi bo‘lishingiz kerak. Garchi universitetlar baholaringiz (GPA), yozgan insholaringiz (Essay) va maktabdan tashqari mashg‘ulotlaringiz (Extracurricular activities) kabi omillarga asoslanishsada, SAT imtihonini topshirish yuqoridagilar bilan birgalikda siz uchun eng muhim omil hisoblanadi.

1. SAT o‘zi nima?

SAT (Scholastic Assessment Test) CollegeBoard.org tomonidan tuzilgan imtihon turi bo‘lib, xalqaro universitetlarning bakalavr bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xalqaro va mahalliy abituriyentlardan talab qilinadi. Dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, AQSH, Kanada, Avstraliya, Singapur, Osiyo va Yevropaning bir necha davlatlari SAT sertifikatini tan oladi. Bundan tashqari, universitetlar SAT natijalaridan kelib chiqqan holda, talabalarga qisman yoki to‘liq stipendiya (grant)lar ham taklif qiladi.

2. Nega SAT imtihoni?

Collegeboard.org tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 170 dan ortiq mamlakatlarda qariyb  3 milliondan ortiq maktab bitiruvchilari (High School) SAT imtihonini topshiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni tanqidiy fikrlashi, muammolarga yechim topish va universitetga tayyorligini tekshirish hisoblanadi.

3. SAT imtihonining tuzilishi qanday?

SAT imtihoni ikki fandan iborat: matematika va ingliz tili

Matematika bo’limida o’quvchilar har birida 22 tadan savoli bo’lgan 2 ta 35 minutlik testga javob berishlari kerak bo’ladi. Matematika qismida O’zbekiston maktab darsligining 9-10 snifgacha bo’lgan mavzulari, Geometrya hamda Boshlang’ich Statistika ga doir mavzularni qamrab oladi.

Ingliz tili bo’limida o’quvchilar har biri 27 tadan savoli bo’lgan 2 ta 32 minutlik testga javob berishlari kerak bo’ladi. Ingliz tili qismida o’quvchilar gramatika (DTM testidan tubdan farq qiladi), Reading Comprehension hamda Vocabulary Bank sinovdan o’tkaziladi.

4. SAT sizga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

SAT imtihonini topshirish talabalarga juda ko‘p imkoniyatlar beradi. Jumladan:

a) GPA balansi

Agar maktabda maʼlum bir sabablarga ko‘ra baholaringiz, yaʼni GPA (Grade Point Average) past bo‘lsa, SAT imtihonidan olingan yuqori ball sizni potensialingizni ko‘rsatishi mumkin. 

b) Xalqaro imkoniyatlar

SAT imtihonini butun dunyo bo‘ylab 4000 dan ortiq universitetlar, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha universitetlar qabul qiladi. Dunyo miqyosida tan olingan muhandislik, tibbiyot, menejment, gumanitar fanlar, sanʼat kabi yo‘nalishlarning ixtiyoriy birida faqatgina SAT imtihonini topshirish orqali o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

c) Stipendiya yoxud scholarship

AQSH universitetlariga topshirish jarayonida sizning har bir qilgan va yozgan ishingiz muhim rol o‘ynaydi. Shu jumladan, SAT ham. Masalan, agar sizda 1340 SAT va 3.9/4.0 GPA bo‘lsa, AQSHdagi Janubiy Florida universiteti (University of South Florida)  yiliga 12 000$ lik stipendiya taklif etadi. Yoki bakalavriatda oʻqish uchun toʻliq moliyaviy yordam (kontrakt summasi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash) taklif etadigan Stenford universiteti ham abituriyentlardan SAT yoki ACT sertifikatini topshirishni talab qiladi.

5. Qanday va qayerda tayyorgarlik ko‘rsam bo‘ladi?

SAT imtihoniga mustaqil yoki mutaxassislar nazoratida tayyorlanish mumkin. Keling ikkala holatni ham yaqindan ko’rib chiqamiz.

a) Mustaqil tayyorgarlik. Mustaqlik tayyorlanish uchun bizga albatta khanacademy.org yordamga keladi. Bu platforma College Board tashkilotining rasmiy hamkori bo‘lib, doimiy aktual savollar bazasiga ega. Ushbu platforma orqali siz SAT haqida barcha kerakli maʼlumotlarni va yetarlicha amaliy savollarni topishingiz mumkin.

Mustaqil tayyorgarlik afzalliklari: O‘qish tekin, o‘zingizga qulay vaqtda o‘qib o‘rganish.

Kamchiliklari: O‘qish zerikarliligi, platforma ingliz tili ona tilisi bo‘lganlar uchun tuzilgan, materiallar ko‘pligidan tanlov qila olmaslik, universitet tanlash va hujjat topshirishdagi xatoliklar, bundan tashqari o‘zingizni o‘zingiz nazorat qilish qiyin kechishi mumkin.

b) SAT o‘quv kurslari. SAT oʻquv kurslari Toshkentda asta-sekinlik bilan rivojlanib bormoqda. Masalan,  SATashkent o‘quv markazi aynan shular jumlasidan. Ushbu o‘quv markazida aynan O‘zbekiston taʼlim tizimidan kelib chiqqan holda maxsus SAT darsliklari ishlab chiqilgan va malakali o‘qituvchilar har bir talaba uchun alohida yo‘l xaritasi tuzib beradi.

Oʻquv kurslari kamchiliklari: Yo‘lda vaqt yo‘qotish, oylik to‘lov mavjudligi, aynan maʼlum bir vaqtda darslarga qatnashish.

Afzalliklar: Yangi do‘stlar orttirish, sinovdan o‘tgan darsliklar, SAT haqida har qanday savolga javob bera oladigan insonlar borligi, konsalting agentliklariga xarajat qilmaysiz (odatda oʻquv markazlarining oʻzi universitetlarga qanday hujjat topshirishni oʻrgatadi).

SATashkent o’quv markazi kontaklari:
TEL: +998 91 787 65 75
Manzil: ICT Academy, Shaxriston metro bekati
Ijtimoiy tarmoqlarda: @satashkent

6. SAT imtihonini Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?

Hozirda Oʻzbekistonda SAT imtihoni olinadigan 2 ta test markazi faoliyat olib boradi. Bular Toshkent Xalqaro Maktabi (TIS) va Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi litsey hisoblanadi. SAT imtihonini topshirish narxi 104$ boʻlib (2022-yil mart oyi holatiga koʻra), agar siz imtihondan soʻng test kitobingiz va javob varaqangizni koʻrmoqchi boʻlsangiz, qoʻshimcha 12$ dan 17$ gacha toʻlashingiz kerak.

7. Yiliga necha marta SAT imtihonini topshira olaman?

SAT imtihoni odatda ikki xil tarzda olinadi: Xalqaro talabalar va mahalliy, yaʼni AQSH fuqarolari uchun. AQSHdan boshqa davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, SAT imtihonlari yiliga 5 marta: mart, may, avgust, oktabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Oʻzbekistondagi SAT imtihonlari Toshkent xalqaro maktabida oʻtkaziladi.

8. Qanday qilib testga ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladi ?

Testga ro‘yxatdan o‘tish uchun avvalo CollegeBoard.org saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz va maʼlumotlarni kiritishingiz kerak bo‘ladi. So‘ng ushbu saytdagi “My SAT” bo‘limiga kirib “Register for the SAT” tugmasini bosasiz. Kerakli bo‘limlarni tanlab, test kuni va joyini tanlaganingizdan so‘ng, to‘lovni amalga oshirasiz. To‘lovni faqat xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard) orqali amalga oshira olasiz.

Umumiy olganda, agar siz Amerikada Bakalavr bosqichida taʼlim olmoqchi bo‘lsangiz katta ehtimol bilan SAT imtihonini topshirishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu maqola siz uchun manfaatli bo‘ldi degan umiddamiz.

Ushbu maqola SATashkent oʻquv markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

SATashkent o’quv markazi kontaklari:
TEL: +998 91 787 65 75
Manzil: Shaxriston metro bekati
Ijtimoiy tarmoqlarda: @satashkent

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!