×

Yangilik: AQSh universitetlari keyingi 2 semestr uchun GRE, GMAT, IELTS va TOEFL talab qilmaydi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

8601 marta

CHOP ETILGAN

13.06.2020

AQShning aksariyat oliy ta’lim muassasalarida magistratura kurslari uchun GRE yoki GMAT imtihonlari natijalari talab etiladi. Ya’ni, magistraturaga hujjat topshirishdan avval ushbu testlarni topshirib, natijasini ariza bilan birga topshirish zarur. AQShda GMAT va GRE imtihonlariz kirish mumkin universitet va kurslar ham mavjud, ammo aksariyat nufuzli va reytingi nisbatan baland oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun GRE va GMAT imtihonlari natijasini majburiy.

GRE o’zi nima?

GMAT qanday test?

Dunyo iqtisodiyoti va hayotiga katta ta’sir ko’rsatayotgan COVID-19 pandemiyasi sharoitida dunyoning ko’plab tashkilot, muassasa va kompaniyalari qiyin vaziyatda qolgan aholiga yengillik yaratish uchun qator choralar ko’rgani, sohalarda turli imtiyozlar, istisno va qulayliklar yaratilayotgani barchaga ma’lum. Hozirda pandemiya sababli e’lon qilingan karantin  sharoitida IELTS, TOEFL, GMAT, GRE kabi imtihonlar ham vaqtinchalik to’xtatilgani sababli imtihon topshirib, oliy ta’lim muassasasiga o’qishga hujjat topshirishni kutib yurgan minglab abituriyentlar endi hujjat topshirishning so’nggi muhlatidan avval olinishi kerak bo’lgan test natijalarini qo’lga kiritishlari mumkin bo’lmay qoldi.

O’quv kurslariga qabul davom etishi va talabalikka nomzodlarga yengillik berish maqsadida AQShning bir qancha oliy ta’lim muassasalarida 2020-yil kuzgi va 2021-yil bahorgi semestrlarda boshlanadigan magistratura kurslariga qabul uchun GRE va GMAT imtihonlarini topshirish talabi vaqtincha bekor qilindi. Shuningdek, AQShning ko’plab oliy ta’lim muassasalarida IELTS, TOEFL kabi testlar o’rnida Duolingo saytining onlayn imtihoni natijalari qabul qilinishi yo’lga qo’yilmoqda. Duolingo ham IELTS va TOEFL testlari kabi, reading, listening, speaking va writing bo’yicha test topshiruvchining ingliz tilini bilish darajasini tekshiradi. Duolingo ingliz tili testi taxminan 1 soat davom etadi va imtihon topshirish uchun 49 AQSh dollari talab etiladi (bu IELTS va TOEFL testlari narxlaridan ancha arzon).

 

Quyida 2020-yi kuz va 2021-yil bahorgi qabul uchun GRE va GMAT testlarini talab qilmaydigan oliy ta’lim muassasalari ro’yxati bilan tanishing (ro’yxat yangilanishi mumkin).

  1. Stevens Institute of Technology
  2. California State University Long Beach
  3. Rutgers, The State University of New Jersey
  4. Duquesne University
  5. Mississippi State University
  6. San Jose State University
  7. Baylor University
  8. Boston University
  9. The University of Illinois at Urbana-Champaign
  10. Illinois Institute of Technology
  11. University of Texas Rio Grande Valley
  12. The University of Mississippi
  13. The University of North Alabama
  14. University of Minnesota
  15. Southern Methodist University
  16. University of North Carolina Charlotte
  17. Rochester Institute of Technology
  18. The University of Wisconsin-Milwaukee
  19. Texas Tech University
  20. Austin Peay State University
  21. Northeastern University
  22. Drew University
  23. University of Louisville
  24. University of Arizona Master of Public Health
  25. Brandis University Master of Public Policy program
  26. South Dakota state university
  27. George Mason University school of business
  28. Auburn University
  29. Loyla University school of business
  30. University of Memphis School of Public Health
  31. Lipscomb University
  32. University of Texas Rio Grande Valley
  33. Austin Peay State University
  34. Florida State University
  35. Texas A&M Commerce

Eslatma: Yuqorida keltirilgan ro’yxatdagi oliy ta’lim muassasalarining ba’zilarida GRE va GMAT barcha kurslar uchun bekor qilingan, ba’zilarida esa bu faqat ayrim fakultet yoki kurslar uchun taalluqli.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!