×

“Young Volunteer Teachers” loyihasining 1-dasturi ishtirokchilari maʼlum boʻldi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1978 marta

CHOP ETILGAN

23.06.2019

Iyun oyining ikkinchi oʻn kunligi boshlarida Grantlar.uz jamoasi UzTEA bilan hamkorlikda “Young Volunteer Teachers” loyihasini boshlagani haqida xabar bergan edik. Va ushbu dasturda koʻngilli boʻlib ishtirok etish uchun saralash eʼlon qilingandi. Eʼlondan keyin loyihaga koʻngilli sifatida oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan yoshlardan 100 dan ortiq rezyumelar kelib tushdi. Quyida loyihaning birinchi dasturida ishtirok etish uchun saralangan va tayinlangan koʻngilli yoshlar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Sirojiddin Olimov – Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti bitiruvchisi, hozirda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyi Xorijiy tillar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

 

2. Komil Abdurakhmonov – Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi, hozirda “Golden Years Education” platformasi asoschisi va egasi.

 

3. Laylo Madumarova – Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti magistranti, Oʻzbekiston Milliy universiteti Xorijiy aloqalar boʻlimi xodimi.

 

4. Mahfuza Ahmedova – Xitoy Xalq Respulikasining Hohai universiteti magistranti.

 

5. Bobonazarov Davrbek – Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti bitiruvchisi.

 

Koʻngillilar jamoasi Grantlar.uz vakillari bilan birgalikda 7-iyul kuni Samarqand viloyati, Narpay tumani, “Xoʻja” qishlogʻidagi 43-sonli umum taʼlim maktabiga yoʻl oladi va 1 hafta davomida ingliz tili boʻyicha bepul mashgʻulot oʻtkazib, hafta oxirida ingliz tilidan olimpiada tashkillashtiriladi. Gʻoliblar mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Eslatib oʻtazmi, loyiha uchun kitob, oʻquv qurollari va har qanday summadagi mablagʻlar xayriya qilish mumkin. Xayriya masalasi yuzasidan telegram orqali @hamidziyo akkauntiga yoki +99897-441-21-42 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, telegramdagi @donationyvt kanalida xayriya jarayonini kuzatib borishingiz mumkin.

Loyiha haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!