×

Bristol universiteti: Bakalavriat uchun 26ta grant!


Grant

MUHLAT

29.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4957 marta

Angliyaning Bristol universitetida (University of Bristol) 2018-yil kuzgi bakalavr kurslari uchun “Think Big” grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Universitetning maqsadi kelajak yetakchilarini tayyorlash va iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash.

Taklif etilayotgan grantlar soni: 26ta.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida  talaba kontrakt pulining 25 foizidan 100 foizigacha qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  1. Nomzod kontrakt asosida bakalavr bosqichiga qabul qilingan xorijlik talaba bo’lishi kerak (grantga topshirishdan oldin bakalavrlik bosqchi dasturlaidan biriga hujjat topshiring).
  2. Bristol universitetidagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi va 2018-yil sentabrda o’qishni boshlashga tayyor bo’lishi kerak.
  3. Undan tashqari, nomzod umumiy miqdori Bristol universitetining u o’qishi kutilayotgan kursining kontrakt summasiga teng yoki undan ortiq bo’lgan iqtisodiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.

Grantlar Bristol universitetidagi barcha yo’nalishlar uchun  beriladi (Tibbiyot, stomatologiya va veterinariya fanlari yo’nalishidan tashqari).

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab ariza formasini barca savollarga javob bergan holda to’ldirishi kerak. So’ng to’ldirilgan ariza formasini international-partnerships@bristol.ac.uk elektron manziliga jo’natishi lozim. Ariza formasini SHU YERDAN yuklab oling.

Qo’shimcha ma’lumot:

  • Grant doirasida o’qish kontraktining ma’lum qismi qoplab beriladi. Nomzod Buyuk Britaniyaga muvaffaqqiyatli ko’chib o’tishi uchun hisobida barcha yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini to’lashga yetarli mablag’ borligini (viza olish uchun) ko’rsatishi shart. Hisobda korsatilishi kerak mablag’ miqdori haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
  • Grantga topshirilayotgan ariza formasi Bristol Universiteti va unga hamkor tashkilotlar taklif qiladigan barcha grantlar uchun standart hisoblanib, uni universitet avtomatik tarzda boshqa grantlar uchun ham ko’rib chiqadi.
  • Barcha arizalar 29-iyun 2018-yilga qadar to’liq to’ldirilgan holda, ko’rsatilgan manzilga jo’natilishi shart. Kechikkan yoki chala arizalar ko’rib chiqilmaydi.
  • Universitet barcha arizalarni ko’rib chiqgach, 16-iyuldan boshlab grantga tavsiya etilgan va zahira uchun qayd etilgan nomzodlarga xabar jo’natishni boshlaydi.
  • Grantga tavsiya etilgan nomzodlarga grant uchun shartnoma jo’natiladi. Ushbu shartnomani belgilangan vaqtga qadar imzolab, universitetga jo’natish nomzodning majburiyatidir. Shartnoma qabul qilinmagan taqdirda universitet grantni zahiradagi nomzodga taklif etadi.
  • Grant natijalari qat’iy hisoblanib, arizalar qayta ko’rib chiqilmaydi.

Grant haqidagi savollaringizni Bristol Universiteti Xalqaro bo’limiga, quyidagi manzilga yo’llashingiz mumkin: international-partnerships@bristol.ac.uk.

Bristol universiteti va undagi barcha yo’nalishlar haqida batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy vebsaytidan topishingiz mumkin: http://www.bristol.ac.uk/.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!