×

Buyuk Britaniya: 1haftalik intensiv kurs uchun grant dasturi!


Grant

MUHLAT

13.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3793 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Westministr Universiteti sog’liqni saqlash muassasalari xodimlari, diyetolog mutaxassislar, shifokorlar, hamshiralar va dastur menejerlari uchun “Nutrition in Emergenciesbir haftalik qisqa kursi bo’yicha Nutrition in Emergencies Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-yil 24-28 iyun kunlari bo’lib o’tadigan intensiv kurslariga qabul qilingan, rivojlanatotgan mamlakatlar ro’yxatiga kiruvchi davlatlar fuqarolari uchun mo’ljallangan. Ushbu intensiv haftalik trening kursi favqulotda vaziyatlarda oziq-ovqat va oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi eng yaxshi amaliyoti haqida ma’lumot beradi. Dastur doirasida 10 dan ortiq ishtirokchiga grant berish rejalashtirilgan.

Intensiv kursning ishchi dasturi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Sog'liqni saqlash muassasalari xodimlari, diyetolog mutaxassislar, shifokorlar, hamshiralar va dastur menejerlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nutrition in Emergencies kursida qatnashish uchun umumiy 980 funt sterling (taxminan 1 300 AQSh dollari) miqdorida to’lov to’lanishi kerak. Dastur doirasida grant yutib olgan ishtirokchilarga kurs uchun to’lanadigan mablag’ning 50 foizi (490 funt sterling) qoplab beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekiston fuqarolari topshira oladi).
  2. Nomzod universitetning Nutrition in Emergencies kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod sog’liqni saqlash, favqulotda vaziyatlar muassasasi xodimi, diyetolog mutaxassis, shifokor yoki hamshira kabi lavozimlardan birida ishlashi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod moliyaviy ko’makka muxtoj bo’lishi kerak.
  6. Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan alohida ilmiy daraja yoki unvon talab qilinmaydi.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning 24-28 iyun kunlari bo’lib o’tadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 13-apreliga qadar topshirilishi kerak. Buning uchun maxsus ariza shakli yuklab olinadi, kerakli o’rinlarning barchasi to’ldiriladi. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:

Scholarships Office
University of Westminster
Cavendish House
101 New Cavendish Street
London W1W 6XH
United Kingdom

Qabul qilingan hujjatlar qaytarilmaydi. Shu sababli so’ralmagan hujjatlarni va hujjatlaringizning asl nusxasini jo’natmang. Hujjatlarning o’z vaqtida yetib borishi uchun nomzodning o’zi javobgar hisoblanadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (ariza shakli yuklab olinadi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga ko’rsatilgan manzilga pochta orqali jo’natiladi)
  2. Westminster Universiteti Nutrition in Emergencies kursiga qabul qilinganlik haqidagi xat nusxasi;
  3. Eng oxirgi ta’lim muassasasida olingan diplom va baholar nusxasi
  4. Tavsiyanoma
  5. Til sertifikati (IELTS/TOEFL)
  6. CV
  7. Shaxsiy bayonot (Personl Statement)
  8. Tadqiqot rejasi
  9. Erishilgan boshqa akademik yoki professional yutuq yoki mukofotlar (agar mavjud bo’lsa)

Hujjatlarga qo’yilgan talablar

Grant dasturiga topshiriladigan hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

  1. Ariza shakli qo’lda emas, kompyuter orqali to’ldirilgan bo’lishi kerak;
  2. Arizaning hamma bo’limlari to’ldirilgan bo’lishi kerak (to’liq bo’lmagan arizalar qabul qilinmaydi);
  3. Kerakli hujjatlar ro’yxati” dagi barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur;
  4. Ro’yxatda so’ralmagan hujjatlarni, hujjatlaringizning original nusxasini jo’natmang;
  5. Arizani to’ldirishda belgilangan so’z miqdoriga e’tibor bering (word limit);
  6. Arizaning grammatik hamda stilistik jihatdan to’g’ri to’ldirilganligiga ahamiyat bering;
  7. Arizani jo’natishdan oldin undan nusxa ko’chirib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

T: +44(0)20 3506 9900

E: sciences.shortcourses@westminster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!