×

Buyuk Britaniya: magistratura va doktoranturada o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

08.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2544 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Nottingem Universitetida olib boriladigan doktorantura va magistratura tadqiqot kurslari uchun ajratilgan Vice-Chancellor’s Scholarship for Research Excellence grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi umidli chet ellik tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, Muhandislik (engineering)dan tashqari barcha yo’nalishlardagi magistratura va doktorantura tadqiqoti kurslariga qabul qilingan tadqiqotchlarga beriladi. Dastur doirasida quyidagi yo’nalishlar uchun grant yutish mumkin:

  • San’at (Arts)
  • Tibbiyot (Medicine and Health Sciences)
  • Fan (Science)
  • Ijtimoiy Fanlar (Social Sciences)

    Muhandislik fakulteti doktorantura tadqiqotchilari uchun alohida grant mavjud, saytimizda u haqda bu yerda ma’lumot berilgan.

    *Bu universitetda “MPhil” ko’rinishida qisqartirib yoziladigan  “Master of Philosophy” kurslari ham mavjud, ular magistratura bosqichidan boshlab tadqiqotga yo’naltirilgan holda o’qitiladi. MPhil magistratura kurslarining oddiy MA yoki MSc magistratura kurslaridan farqi bor. Doktorantura esa PhD deb ataladi. Grant Universitetning Nottingem shahrida joylashgan binosida o’qitiladigan faqat MPhil va PhD tadqiqot kurslariga ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vice-Chancellor’s Scholarship for Research Excellence grantini yutib olgan talaba kontrakt to’lashdan to’liq ozod etiladi.

Talablar:

Grantlar ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha oktabr va fevral oylari oralig’ida boshlanadigan PhD va MPhil kurslariga to’lov shartnoma asosida qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga beriladi.

Magistraturaga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi va a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qay darajada bilish talablari turli kurslar uchun turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs sahifasiga kirib mahsus talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Nomzod o’qigan bakalavr yo’nalishi va u hujjat topshirayotgan magistratura kursi bir-biriga yaqin yoki mos bo’lishi kerak. Qabul uchun mahsus talablar ham mavjud, ular turli kurslar uchun turlicha. MPhil kurslari ro’yxatidan sizni qiziqtirgan kurslar haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
  4. Nomzodda tadqiqot uchun layoqat, qiziqish, mavzu va tajriba bo’lishi zarur.

Doktorantura qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod magistratura diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  2. Nomzodda tadqiqot uchun layoqat, qiziqish, mavzu va tajriba bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Talab etiladigan til darajalari kurslarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
  4. Kurslar o’z yo’nalishiga qarab qabul uchun mahsus talablarga ega bo’lishi mumkin, shuning uchun qabul uchun talablar bilan batafsil tanishish uchun sizni qiziqtirgan kurs sahifasiga tashrif buyuring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun avval PhD yoki MPhil kurslariga hujjat topshirish va talabalikka qabul qilinish zarur. Universitet tomonidan o’qish uchun taklif olgan barcha talabalar grantga hujjat topshirishlari mumkin.

Magistratura va doktorantura tadqiqot kurslariga hujjat topshirish haqida

Nottingem Universiteti talabalar turli grant dasturlariga hujjat topshirishlari va universitetga oid ma’lumotlar bilan tanishishlarini qulaylashtirish maqsadida mahsus portal tashkil etgan. O’qishga qabul qilingach, talaba bu yer orqali Universitet portalidagi shaxsiy akkauntiga kirishi va “My Scholarships” bo’limi orqali hujjat topshirish uchun ochiq grantlar bilan tanishishi, istalgan grantga shu yerdan hujjat topshirishi mumkin. Vice Chancellor’s Scholarships dasturiga ham shu yerdan hujjat topshiriladi. Grantga hujjatlar 2019-yil 8-martgacha qabul qilinadi.

Kurslar haqida batafsil

Tadqiqot taklifi tuzish haqida

Savol-javoblar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!